$
12175.34 UZS
4.67
154.29 UZS
1.99
14063.74 UZS
15.14
31° Kechasi 18°

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

16:47 / 05.04.2026

“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.

Ma’lum qilinishicha, Bosh konsulxona diplomatlari ayrim jismoniy shaxslar orqali umra ziyoratiga kelib, qiyin ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining muammolarini joyida o‘rganish hamda ular bilan suhbatlashish maqsadida Makka shahrida joylashgan “Kanari va Al-Ayam Elite” mehmonxonalariga tashrif buyurdi. Ayni paytda ushbu mehmonxonalarda jami 170 nafardan ortiq ziyoratchi O‘zbekistonga qaytishni kutib turibdi.

Ziyoratchilarning aytishicha, ular 14 kunlik umra safari doirasida turli guruhlar tarkibida Saudiya Arabistoniga kelgan. Biroq safarni tashkil etgan shaxslarning yolg‘on ma’lumotlari va xatolari oqibatida ular hozirga qadar vatanga qayta olmagan.

Suhbat davomida ziyoratchilar o‘zlarining og‘ir ahvoli haqida so‘zlab, guruhning katta qismi keksa yoshdagi insonlardan iborat ekanini ta’kidladi. Ular orasida infarktni boshidan o‘tkazgan, qandli diabet, qon bosimi kabi surunkali kasalliklarga chalingan va doimiy ravishda dori-darmon iste’mol qiladigan shaxslar borligi ham qayd etildi. Ziyoratchilar vatanga qaytish masalasida O‘zbekiston hukumatidan amaliy yordam so‘radi.

Vakolatxona vakillari so‘nggi yillarda umra ziyoratini tashkil etish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan ayrim “turistik firmalar” va “jismoniy shaxslar” tomonidan tartibsiz safarlar tashkil etilayotgani, bunday holatlar ko‘plab vatandoshlarning Madina va Jidda shaharlarida ham turli mushkul vaziyatlarga tushib qolishiga sabab bo‘layotganini bildirdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan berilgan litsenziya asosida 14 ta turistik firma umra ziyoratini rasmiy ravishda tashkil etayotgani, bu haqda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam axborot berib borilayotgani, shunga qaramasdan, ayrim fuqarolar noqonuniy tashkilotchilarning yolg‘on reklamalariga aldanib qolayotgani afsus bilan ta’kidlandi.

Ziyoratchilarga ular ruxsatnomasiz tashkil etilgan safar doirasida kelgan bo‘lsa-da, vatanga qaytish bo‘yicha murojaatlari Bosh konsulxona tomonidan belgilangan tartibda tegishli idoralarga yetkazilishi ma’lum qilindi. Shu bilan birga, mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqish ma’lum vaqt talab qilishi inobatga olinib, vaziyat yanada og‘irlashib ketmasligi uchun imkoniyatdan kelib chiqqan holda o‘z hisoblaridan aviachipta xarid qilib, O‘zbekistonga qaytish tavsiya etildi.

Shuningdek, ziyoratchilarni qiyin ahvolga solgan shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng tegishli idoralarga murojaat qilish mumkinligi tushuntirildi. Hozirgi kunda ushbu holat Bosh konsulxona tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, vaziyat yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Samarqandga  Press-tur tashkil etildi

Samarqandga Press-tur tashkil etildi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Turizm qo‘mitasi hamkorligida Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta bunyod etilgan Imom…
16:11 / 06.04.2026

														
														35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari h…
15:36 / 06.04.2026

														
														Qo‘shtepalik fermer 3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘ldi

Qo‘shtepalik fermer 3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘ldi

Yer – davlatning strategik resursi bo‘lib, uni noqonuniy tarzda sotish yoki qayta rasmiylashtirish nafaqat iqtisodiy, balki …
15:11 / 06.04.2026

														
														Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26 daraja bo‘ladi.
09:26 / 06.04.2026

														
														Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Oqibatda har ikki haydovchi va Nexia’dagi yo‘lovchi (Xitoy fuqarosi) voqea joyida vafot etgan. Cobalt’dagi yana ikki nafar y…
17:06 / 05.04.2026

														
														Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

5-aprel kuni soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan Besh…
16:57 / 05.04.2026

														
														170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.
16:47 / 05.04.2026

														
														Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
15:51 / 05.04.2026

														
														Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshir…
11:25 / 05.04.2026

														
														Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

Bu ham qiziq

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.
16:47 / 05.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshir…
11:25 / 05.04.2026
Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

5-aprel kuni soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan Besh…
16:57 / 05.04.2026
Samarqandga  Press-tur tashkil etildi

Samarqandga Press-tur tashkil etildi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Turizm qo‘mitasi hamkorligida Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta bunyod etilgan Imom…
16:11 / 06.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!