$
12228.58 UZS
20.5
155.96 UZS
0.96
14282.98 UZS
166.78
31° Kechasi 18°

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yanada kengaytiriladi

09:42 / 07.04.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashini hamda bandligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil islohotlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yil 13-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida harbiy xizmat nufuzini yanada oshirish hamda yoshlarni jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida bugun muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarni kasbga o‘rgatish va sifatli ta’lim olishlari uchun sharoit yaratish hamda armiyada kitobxonlikni ommalashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 2026-2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarga bir qator imtiyoz hamda kafolatlar berilishi nazarda tutilmoqda.

Endilikda muddatli harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilmoqda. Bu jarayonda askarlar uchun ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda harbiy qismlarda abituriyentlarni tayyorlash kurslari tashkil etilib, oliygohlarning kirish imtihonlariga tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan askarlarga esa foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi. Eng muhimi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglashtirilib, o‘qishni tamomlagandan so‘ng ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.

Shu bilan birga, namunali xizmat o‘tagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinchi o‘rinni egallagan askarlarni test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda.

Joriy etilayotgan imtiyozlardan yana biri – askarlar uchun harbiy xizmat davomida “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3-6 oylik o‘quv kurslari tashkil etilib, ularga davlat namunasidagi maxsus sertifikat beriladi.

Muddatli harbiy xizmatdan qaytib, xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan yoshlarning kasb-hunarga o‘qish xarajatlari vaucher asosida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

Davlat tashkilotlariga ishga kirish istagini bildirgan yoshlarga esa Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida 10 foizlik imtiyoz ballari qo‘shib beriladi.

Yig‘ilishda harbiy xizmatchilarni kitobxonlikka qiziqishini yanada oshirish, bu borada ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqildi.

Xususan, joriy yildan boshlab, har yili Qurolli Kuchlarning barcha toifadagi harbiy xizmatchilari o‘rtasida to‘rt bosqichli “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovning birinchi bosqichi harbiy qism va harbiy ta’lim muassasalarida, ikkinchi bosqichi harbiy okrug, birlashma va qo‘shilmalarda, uchinchi bosqichi Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralarda o‘tkaziladi. Yakuniy respublika bosqichida saralash bosqichlarining g‘olibi bo‘lgan harbiy xizmatchilar o‘zaro bellashadi. Yakuniy bosqichning 4 nafar g‘olibi Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining bosh sovrini – zamonaviy elektromobil hamda diplom bilan taqdirlanadi. Sovrinli o‘rinlarni egallagan harbiy xizmatchilar pul mukofotlari va diplomlar bilan rag‘batlantiriladi.

Davlatimiz rahbari takliflarni ma’qullab, tegishli qarorlarni imzoladi. Yangi chora-tadbirlar yurtimiz taraqqiyoti uchun yuqori bilim, malaka va intellektual salohiyatli hamda vatanparvar kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda, shuningdek, mudofaa vaziri mamlakatimiz harbiy xavfsizligini kuchaytirish, qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosining borishi to‘g‘risida axborot berdi.


O‘zbekiston


														
														“Biz ilk bor jahon aksiyalar bozoriga chiqyapmiz” – Saida Mirziyoyeva

“Biz ilk bor jahon aksiyalar bozoriga chiqyapmiz” – Saida Mirziyoyeva

"O‘zbekiston iqtisodiyoti mutlaqo yangi, zamonaviy taraqqiyot bosqichiga o‘tmoqda”, – deydi Prezident administratsiyasi rahb…
17:48 / 09.04.2026

														
														10-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

10-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:42 / 09.04.2026

														
														Toshkentda 3 oyda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan 32,4 ming yo‘lovchilar jarimaga tortildi

Toshkentda 3 oyda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan 32,4 ming yo‘lovchilar jarimaga tortildi

Transport nazorati inspeksiyasi “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” DM xodimlari bilan hamkor…
16:10 / 09.04.2026

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi

Ma’lumki, Movarounnahrni yagona davlat sifatida birlashtirgan Sohibqiron Samarqandni poytaxt qilib, qudratli saltanat barpo …
15:30 / 09.04.2026

														
														Mahkumlarni qiynoqqa solgani uchun 4 xodimga jinoyat ishi ochildi

Mahkumlarni qiynoqqa solgani uchun 4 xodimga jinoyat ishi ochildi

2025 yilda Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan mahkumlarga nisbatan qo‘llangan qiynoqlar oqibatida 4 nafar xodimga jinoy…
15:14 / 09.04.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev Amir temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Amir temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hay…
14:21 / 09.04.2026

														
														“O‘zgidromet” qator viloyatlarni sel xavfidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” qator viloyatlarni sel xavfidan ogohlantirdi

Joriy yilning 10-12-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, …
10:52 / 09.04.2026

														
														Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

8-aprel kuni soat 21:14 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi 2-uy oldida, elektromobil yonayotganligi to‘g‘ri…
09:53 / 09.04.2026

														
														Elmurod Najimov Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Elmurod Najimov Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘li O‘zbekiston Respu…
09:33 / 09.04.2026

														
														Toshkent viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Toshkent viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-aprel kuni Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda kelgusida…
09:20 / 09.04.2026

Bu ham qiziq

Eronda AQSh va Isroil hujumlari oqibatida 3 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan

Eronda AQSh va Isroil hujumlari oqibatida 3 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan

AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik ortidan keng ko‘lamli talafotlar qayd etildi.
14:53 / 09.04.2026
Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

8-aprel kuni soat 21:14 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi 2-uy oldida, elektromobil yonayotganligi to‘g‘ri…
09:53 / 09.04.2026
Mahkumlarni qiynoqqa solgani uchun 4 xodimga jinoyat ishi ochildi

Mahkumlarni qiynoqqa solgani uchun 4 xodimga jinoyat ishi ochildi

2025 yilda Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan mahkumlarga nisbatan qo‘llangan qiynoqlar oqibatida 4 nafar xodimga jinoy…
15:14 / 09.04.2026
“O‘zgidromet” qator viloyatlarni sel xavfidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” qator viloyatlarni sel xavfidan ogohlantirdi

Joriy yilning 10-12-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, …
10:52 / 09.04.2026
Saida Mirziyoyeva AQShda Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva AQShda Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazdi

“AQSh poytaxtida hamkasbim, Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan sam…
10:08 / 07.04.2026
Saida Mirziyoyeva АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori bilan uchrashdi

“АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdik”, – deb yozgan Sai…
10:55 / 08.04.2026
Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi fosh etildi

Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy, Toshkent va Andijon viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qa…
11:25 / 08.04.2026
Toshkentda 50 ming dollar o‘g‘irlagan “kuryer” va uning sheriklari ushlandi

Toshkentda 50 ming dollar o‘g‘irlagan “kuryer” va uning sheriklari ushlandi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat yerto‘lasidan ichida 50 ming dollar bo‘lgan sey…
18:18 / 08.04.2026
Toshkentda 3 oyda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan 32,4 ming yo‘lovchilar jarimaga tortildi

Toshkentda 3 oyda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan 32,4 ming yo‘lovchilar jarimaga tortildi

Transport nazorati inspeksiyasi “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” DM xodimlari bilan hamkor…
16:10 / 09.04.2026
“Men Javohir Sindarov va Magnus Karlsen matchini ko‘rishni xohlayman” – Garri Kasparov

“Men Javohir Sindarov va Magnus Karlsen matchini ko‘rishni xohlayman” – Garri Kasparov

Shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov Javohir Sindarov Kiprda g‘alaba qozonsa, keyingi voqealar qanday rivojlan…
18:31 / 08.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!