$
12165.24 UZS
-25.19
159.42 UZS
-2.67
14330.65 UZS
-32.11
31° Kechasi 18°

16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

17:00 / 15.04.2026

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-11 daraja, kunduzi 13-15 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 16-21° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Joriy yilning 15-17-aprel kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi. Respublikaning ko‘plab viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayadi. 15-17 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 16-17-aprelda kunduzgi havo harorati asta-sekin 13-16 darajagacha pasayadi.

 


O‘zbekiston


														
														Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer munosabatlari sohasida qonunbuzilish holatlariga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo…
17:32 / 18.04.2026

														
														Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
17:28 / 18.04.2026

														
														Surxondaryoda o‘tkazilgan media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi

Surxondaryoda o‘tkazilgan media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi

Ushbu loyiha oddiy tadbir emas, balki ishtirokchilar uchun haqiqiy tajriba maydoniga aylandi.
15:07 / 18.04.2026

														
														Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

O‘zbekistonda nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga oyiga 3 million so‘mgac…
13:32 / 18.04.2026

														
														Vladikavkazda chiqindi konteyneri portlashi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Vladikavkazda chiqindi konteyneri portlashi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Rossiyaning Vladikavkaz shahrida 17-aprel kuni chiqindi konteynerlarini yuklash jarayonida yuz bergan portlash oqibatida 46 …
12:00 / 18.04.2026

														
														Andijonda “prava”siz avtomobil boshqarib, drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Andijonda “prava”siz avtomobil boshqarib, drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatida avtomobilni haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan hamda d…
11:22 / 18.04.2026

														
														Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil 14-apreldagi ko‘rsatma xatiga muvofiq, 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchu…
10:50 / 18.04.2026

														
														O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda nogironlarini ijti…
10:43 / 18.04.2026

														
														Namanganda tibbiy xizmatlar uchun asossiz to‘lovlar undirilgani ma’lum bo‘ldi

Namanganda tibbiy xizmatlar uchun asossiz to‘lovlar undirilgani ma’lum bo‘ldi

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan asossiz undirilgan 300 million so‘mga yaqin mablag‘larni qayta hisob-…
17:14 / 17.04.2026

														
														18-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

18-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:37 / 17.04.2026

Bu ham qiziq

Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Rossiya Ukraina bo‘ylab yirik raketa hujumlarini uyushtirdi. Hujumlar oqibatida Kiyev shahrini quyuq tuman qopla…
15:14 / 16.04.2026
Surxondaryoda mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimiga nisbatan j…
09:28 / 16.04.2026
9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy a…
16:55 / 16.04.2026
Poytaxt iqtisodiyotida qo‘shimcha o‘sish nuqtalari belgilandi

Poytaxt iqtisodiyotida qo‘shimcha o‘sish nuqtalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri iqtisodiyotida yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash, mavjud zaxiralarni toʻliq…
09:26 / 17.04.2026
“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari xalqaro qidiruvga berildi

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari xalqaro qidiruvga berildi

Interpol ma’lumotiga ko‘ra, “O‘zmetkombinat” sobiq boshqaruv raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berilgan.
14:03 / 17.04.2026
Vladikavkazda chiqindi konteyneri portlashi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Vladikavkazda chiqindi konteyneri portlashi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Rossiyaning Vladikavkaz shahrida 17-aprel kuni chiqindi konteynerlarini yuklash jarayonida yuz bergan portlash oqibatida 46 …
12:00 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
17:28 / 18.04.2026
Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer munosabatlari sohasida qonunbuzilish holatlariga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo…
17:32 / 18.04.2026
Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent va Yerevan o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar 2026-yil may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilishi mumkin…
10:10 / 16.04.2026
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda nogironlarini ijti…
10:43 / 18.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!