$
12097.33 UZS
-31.13
160.53 UZS
1.49
14233.72 UZS
-70.59
31° Kechasi 18°

Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

10:24 / 20.04.2026

Qozog‘istonning Mang‘istov hududida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar jiddiy oqibatlarga olib keldi — yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, jala yomg‘irlardan keyin hayvonlar sho‘rxok va botqoq hududlarga tushib qolgan. Natijada ularning ko‘pchiligi loyga botib halok bo‘lgan, ayrimlari esa hanuz chiqib keta olmayapti.

Mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda og‘ir vaziyat haqida yozib, deyarli har bir xonadon bir nechtadan o‘ntagacha chorvasidan ayrilganini bildirgan.
“Yomg‘irdan keyin chorva suv oqimi bilan oqib ketib, sho‘rxok joylarga tushib qoldi. Ko‘plab otlar loyga botib nobud bo‘ldi. Hali ham chiqolmayotganlari bor. Agar tez yordam berilmasa, vaziyat yanada og‘irlashadi”, — deya yozadi aholi vakillari.

Rasmiylarga ko‘ra, 14–15 aprel kunlari kuzatilgan noqulay ob-havo oqibatlari hozirda bartaraf etilmoqda. Sayotes qishlog‘i atrofida va temiryo‘l bo‘ylab chorva nobud bo‘lgan hududlar aniqlangan.

Holatni o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuzdan ortiq ot topilgan, ammo aniq raqamlar hali hisoblab chiqilmoqda.

Mutaxassislar bu holatga kuchli shamol va jala yomg‘ir sabab bo‘lganini aytmoqda. Yo‘ldan adashgan hayvonlar uzoq va yetib borish qiyin hududlarda qolib ketgan. Ayrim podalar esa aholi yashash joylaridan 60–80 kilometr uzoqlikda nobud bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Qidiruv ishlari dronlar yordamida olib borilmoqda. Maxsus shtab tashkil etilib, yirik korxonalar texnikasi ham jalb qilingan.
Rasmiylar barcha kuch va vositalar safarbar etilganini, vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu hududda Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida 191 ta o‘lik tyulen topilgani ham xabar qilingandi.


Boshqalar


														
														82 nafar o‘zbekistonlik Istanbul aeroportida qiyin vaziyatda qolib ketdi

82 nafar o‘zbekistonlik Istanbul aeroportida qiyin vaziyatda qolib ketdi

18-aprel kuni Saudiya Arabistonidan Turkiya orqali O‘zbekistonga qaytayotgan 82 nafar fuqaromiz Istanbuldagi Sabiha Gökçen x…
10:50 / 20.04.2026

														
														Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov hududida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar jiddiy oqibatlarga olib keldi — yuzdan ortiq ot nob…
10:24 / 20.04.2026

														
														Qirgʻizistonda qishloq nomlari qirgʻiz tiliga oʻzgartiriladi

Qirgʻizistonda qishloq nomlari qirgʻiz tiliga oʻzgartiriladi

Sadir Japarov Qirgʻizistonda qishloq nomlarini oʻzgartirish tashabbusini ilgari surdi. Unga koʻra, mamlakatdagi rus tilidagi…
11:02 / 15.04.2026

														
														Rossiyada Telegram bloklanishi 100 foizga yaqinlashgani aytilmoqda

Rossiyada Telegram bloklanishi 100 foizga yaqinlashgani aytilmoqda

Rossiyada Telegram messenjerining ishlashida blokirovkaga xos belgilar kuchaygani qayd etilmoqda. OONI xalqaro tadqiqot loyi…
14:27 / 11.04.2026

														
														Mehnatga haq to‘lashda yangi yondashuv joriy etiladi

Mehnatga haq to‘lashda yangi yondashuv joriy etiladi

Bu chora xodimlar manfaatlarini samaraliroq himoya qilishga xizmat qiladi.
14:50 / 17.10.2025

														
														Toshkentga kirish-chiqish postlari joyi o‘zgartiriladi

Toshkentga kirish-chiqish postlari joyi o‘zgartiriladi

Postlarning yangi joylashuvi hozircha oshkor etilmadi.
14:41 / 17.10.2025

														
														O‘zbekistonda oltin narxi yana rekord darajaga chiqdi

O‘zbekistonda oltin narxi yana rekord darajaga chiqdi

Jahon bozorida ham oltinning spot narxi bir troya unsiyasi uchun $4361,98 ga yetdi.
12:15 / 17.10.2025

														
														“Urush hali tugamadi” – Netanyaxu

“Urush hali tugamadi” – Netanyaxu

Kim bizga qarshi chiqsa, katta to‘lov to‘laydi”, dedi u harbiylar qabristonidagi marosimda.
11:42 / 17.10.2025

														
														Toshkentda yana 10 ta ko‘chaga metrobus qo‘yiladi

Toshkentda yana 10 ta ko‘chaga metrobus qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkentni rivojlantirish va transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdim …
11:07 / 17.10.2025

														
														Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik qamaldi

Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik qamaldi

Sudda u bir nechta harbiy medallar bilan taqdirlangani va qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
16:59 / 16.10.2025

Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida Jahon sog‘liqni saqlash tash…
12:17 / 21.04.2026
Samarqand shahrida global miqyosda dolzarb ahamiyatga ega masalaga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

Samarqand shahrida global miqyosda dolzarb ahamiyatga ega masalaga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

“Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi mazkur …
17:31 / 20.04.2026
82 nafar o‘zbekistonlik Istanbul aeroportida qiyin vaziyatda qolib ketdi

82 nafar o‘zbekistonlik Istanbul aeroportida qiyin vaziyatda qolib ketdi

18-aprel kuni Saudiya Arabistonidan Turkiya orqali O‘zbekistonga qaytayotgan 82 nafar fuqaromiz Istanbuldagi Sabiha Gökçen x…
10:50 / 20.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
17:28 / 18.04.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni yana kuchaytirdi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni yana kuchaytirdi

18-aprel kuni Eron AQSh tomonidan davom ettirilayotgan dengiz blokadasi sababli Hormuz bo‘g‘ozi faoliyati yana cheklanganini…
09:45 / 19.04.2026
Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi

2026-yil 20–21-aprel kunlari Samarqand shahrida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda tran…
11:13 / 19.04.2026
Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish hamda mavjud muammola…
09:29 / 19.04.2026
O‘zbekistonda chorvalarda oqsil kasalligi xavfi sabab sanitariya oyligi e’lon qilindi

O‘zbekistonda chorvalarda oqsil kasalligi xavfi sabab sanitariya oyligi e’lon qilindi

18-apreldan 18-maygacha O‘zbekistonda “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilindi.
17:24 / 19.04.2026
Samarqanddagi Yoshlar sammiti

Samarqanddagi Yoshlar sammiti

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan global forum doirasidagi Yoshlar sammiti ishtirokchilaridan biri o‘z iliq taassurotlari bilan …
10:40 / 20.04.2026
Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov hududida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar jiddiy oqibatlarga olib keldi — yuzdan ortiq ot nob…
10:24 / 20.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!