Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan global forum doirasidagi Yoshlar sammiti ishtirokchilaridan biri o‘z iliq taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbirda ishtirok etayotgan Tojikistonlik Farzona forum muhitini ijobiy baholab, unda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va xalqaro muloqot maydonining ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Uning aytishicha, bunday tadbirlar turli davlat yoshlari o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda yangi g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Farzona forum doirasidagi muhit, tashkil etilgan uchrashuvlar va muhokamalardan katta taassurot olganini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!