4 soat uxlab ham tetik yurish mumkinmi?

  • 22:50 / 11.09.2019
  • 805

Uyqu ilmi – jumboqli masala. Tadqiqotchilar hali ham uyqu vaqtida miyamizda aynan nimalar sodir bo‘lishini bilishmaydi. Shuning uchun ham biz tushimizdagi voqealar nimani anglatishini tushunmaymiz. Ammo so‘nggi yillarda ilm-fan uyqu vaqtida qanday holatlar yuz berishini aniqlagan ko‘rinadi. Uilyam Park yaqinda olimlarga ma’lum bo‘lgan bir nechta qiziqarli faktlar haqida ma’lumot berdi. Demak, faktlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz. 

Odam nima uchun uxlashi kerakligi to‘g‘risidagi 10 ta qiziqarli fakt:
 
1.  Tanish hidlar uxlayotganingizda miyangizda xotiralarni shakllantirishga yordam beradi va uyqu samaradorligini oshiradi.

Картинки по запросу о сне

2.  Ko‘pchilik uxlaganida birdaniga cho‘chib uyg‘onadi. Bu mutlaqo zararsiz va xavfsiz holat bo‘lib, “gipnotik silkinish” deb ataladi.

 3.  Bir kichik tadqiqotda aniqlanishicha, dijeridu (Avstraliya aborigenlarining puflab chalinadigan musiqiy asbobi) asbobini chalish uyquni yaxshilaydi, chunki u nafas olish jarayonida ishtirok etuvchi mushaklarning ishlash kuchini oshiradi. 

Похожее изображение

4.  Insonning kundalik bioritmlari tahlil qilinganda shu narsa aniq bo‘ldiki, kunduzgi uyqu uchun eng yaxshi vaqt 14:00 dan 16:00 gacha ekan. Kunduzi uxlash tananing tiklanishiga ko‘proq hissa qo‘shish bilan birga ijodkorlik qobliyatini ham oshiradi. 

Похожее изображение

5.  Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, DEC2 genidagi mutatsiya sabab ba'zi odamlarga kechasi bor-yo‘g‘i 4 soat uxlash ham yetarli bo‘la oladi. Bunday qisqa uyquning tanaga hech qanday nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

10 удивительных фактов о сне

6.  Biroq 4 soatlik uyqu yetarli bo‘lib o‘zini kun davomida yaxshi his qilib yuruchilar yer yuzida atigi 5 foizni tashkil qiladi. Ko‘pchilik uchun 24 soat ichida 8 soatlik uyqu me’yor hisoblanadi. Ammo, taxminan, 30 foiz odamlar 6 soatdan ko‘p uxlashni istashmaydi (ochig‘i, bunga o‘zlarini majbur qilishadi).

7. Odam nima uchun uxlashi kerak? Tadqiqotlarda aytilishicha, odam kun davomida olgan xotiralari va taassurotlarini tartibga solish uchun uxlaydi. Qizig‘i odam uyqusida yoqimsiz va og‘ir holatlarni unutishga “urinadi”. 

10 удивительных фактов о сне

8.  Bir tadqiqotda respondentlarga kun bo‘yi video ko‘rish topshirig‘i berilgan. Natijada odamlar kechki payt tushlarida o‘sha videolardagi lavhalarni ko‘rib chiqishgan. Bu – uyqu aynan nimaning hosili ekanligini aniqlashga oz fursat qolganini ko‘rsatadi.  

 9.  Harbiy tadqiqotchilarning fikricha, oldindan ko‘proq uxlab olgan odam keyingi uyqusiz kunlarda qiynalmaydi. Ammo olimlar bu fikrga tamomila qarshi chiqishadi. 

Batafsil

Похожее изображение

10.  Agar odam ketma-ket 12 kun davomida faqat 6 soat uxlasa, bu qonda 0,1 foiz miqdorda alkogol bo‘lgandagi holat bilan teng bo‘larkan. Ya’ni bu organizm mast holda bo‘ladi deganidir. 

Odamzod paydo bo‘lganidan buyon o‘zini va olamni o‘rganishga urinadi. Insoniyat haqiqiy tabiat mo‘jizasi ekan, uni to‘liq o‘rganib chiqish imkonsiz. Chunki har bir organizim alohida shaxs sifatida shakllanadi. 

Teglar