$
12020.48 UZS
4.52
158.77 UZS
-1.53
14048.33 UZS
-3.13
31° Kechasi 18°

Mirzo Ulugʻbek tumanida raqamli boshqaruv va xavfsizlikning yangi modeli joriy etilmoqda

17:39 / 23.04.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari dastlab hokimlik binosi yonidagi Salar kanali ustiga qurilgan koʻprikni borib koʻrdi, hududdagi koʻkalamzorlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi va shu yerda koʻchat ekdi.

Shundan soʻng tuman hokimligi binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Prezidentimiz 1992-1996-yillarda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Hokimlik binosida davlatimiz rahbari hokim boʻlib ishlagan davrdagi qiyofada qayta tiklangan xizmat kabineti va xizmat avtomobili koʻrsatildi. Davlatimiz rahbari hokimligi paytida qabul qilgan eng muhim qarorlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Tanishuv chog‘ida Prezidentimiz o‘sha vaqtdagi faoliyatidan xotiralari bilan bo‘lishdi.

Shu paytgacha Mirzo Ulugʻbek tumanida jamoat xavfsizligi, transport, ijtimoiy yordam, kommunal, moliya va bank kabi 30 ta tashkilot oʻz yoʻnalishi boʻyicha alohida-alohida, tarqoq holda ishlayotgan edi. Yagona tizim yoʻqligi aholi murojaatini tezkorlik bilan hal qilishga katta toʻsiq boʻlayotgan, ortiqcha vaqt va sarsongarchilikka sabab boʻlardi.

Hozir hokimlikda vaziyatlar markazi tashkil etilib, sunʼiy intellekt asosida tahlil qilish, muammolarni tezkor aniqlash va hal etish boʻyicha “Aqlli tuman” platformasi yaratildi. Muhimi, tumandagi barcha mahalla vakillari bilan onlayn muloqot qilish, vaziyatdan doimo xabardor boʻlish imkoniyati yaratilgan.

Bu yerda ijtimoiy va kommunal muammolar monitoring qilinadi, aholi murojaatlari ijrosi nazoratga olinadi, favqulodda holatlarda tegishli xizmatlar faoliyati tezkor boshqariladi va muvofiqlashtiriladi.

Platforma tarkibidagi “Xavfsiz tuman” tizimi huquqbuzarliklarni monitoring qilish va jamoat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi. Tadbirkorlik subyektlarining raqamli xaritasi sunʼiy intellekt tahlili asosida soliq tushumlarini prognoz qilish va ularning yigʻiluvchanligini taʼminlashga qaratilgan. “AI Davomat” tizimi esa maktablarda sababsiz dars qoldirish holatlarini bartaraf etish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday platformalar Chilonzor, Shayxontohur va Olmazor tumanlarida ham ishga tushirildi.

Prezidentimiz vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishib, ushbu yangi tizimni poytaxtning qolgan tumanlarida ham joriy etishga topshiriq berdi. Barcha viloyat hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar, xavfsizlik va soliq idoralari rahbarlari Mirzo Ulugʻbek tumaniga kelib, ushbu yangi tizimni oʻrganishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.


Bu ham qiziq

Gulnora Karimovaning uzoq yillik korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni Shveysariyada bo‘lib o‘tadi

Gulnora Karimovaning uzoq yillik korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni Shveysariyada bo‘lib o‘tadi

Gulnora Karimovaga oid xalqaro korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni 2026-yil 27-aprel kuni Bellinzona shahridagi Federal ji…
10:16 / 25.04.2026
Qashqadaryoda media yondashuv o‘zgardimi?

Qashqadaryoda media yondashuv o‘zgardimi?

Qashqadaryo viloyati media haftalik loyihasining to‘rtinchi manziliga aylandi va aynan shu bosqichda haftalik davomida o‘til…
21:10 / 25.04.2026
Andijondagi istirohat bog‘ida attraksion qulab tushdi

Andijondagi istirohat bog‘ida attraksion qulab tushdi

Andijon viloyati FVB Bog‘ishamolda ro‘y bergan hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi.
11:39 / 27.04.2026
Samarqandda infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirildi

Samarqandda infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirildi

Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatida bir qator infratuzilma loyihalari, jumladan Yangi O‘zbekiston massivini rivojlantiris…
10:54 / 25.04.2026
Samarqandda ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘ravonlik

Samarqandda ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘ravonlik

Toyloq tumanida voyaga yetmagan ikki nafar qizga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
13:40 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida 63 ming dollar pora talab qilgan FVB rahbari qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida 63 ming dollar pora talab qilgan FVB rahbari qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar tizimiga aloqador mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
14:11 / 26.04.2026
Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026
13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish topshirildi

13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish topshirildi

Yig‘ilishda sanoat va eksport masalalari ham ko‘rib chiqildi.
16:48 / 24.04.2026
19 072 ta xorijiy investorlar qaysi sohalarni tanlayapti?

19 072 ta xorijiy investorlar qaysi sohalarni tanlayapti?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokid…
14:52 / 25.04.2026
Namanganda noqonuniy pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullangan guruh ushlandi

Namanganda noqonuniy pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullangan guruh ushlandi

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida noqonuniy ravishda yirik miqdordagi pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullangan jinoiy gu…
16:01 / 25.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!