Prezident administratsiyasi rahbari Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Toyloq tumanida barcha mahallalarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu loyihalar aholining turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilishi qayd etildi.
Shuningdek, Urgut tumanida yangi turar joylar, tibbiyot muassasalari, maktab va bog‘chalar qurilishi, shuningdek mavjud obyektlarni modernizatsiya qilish jarayonlari bilan tanishildi.
Tashrif davomida fermerlar oilasi — Haydarovlar xonadonida bo‘lib, ularning qishloq xo‘jaligidagi samarali tajribasi alohida e’tirof etildi.
Shu bilan birga, Prezident topshirig‘i asosida yangidan barpo etilgan “Navoiy” oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu muassasa 16 ta qishloq aholisi uchun xizmat ko‘rsatadi va zamonaviy tibbiy talablarga to‘liq javob
Yaqinda mazkur muassasada ilk chaqaloq — Shavkatjonning dunyoga kelgani amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida baholandi. Ona va chaqaloqqa mustahkam sog‘lik tilandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!