$
12029.20 UZS
-43.76
160.26 UZS
-0.91
14065.74 UZS
-111.54
31° Kechasi 18°

Aholi oʻn sotixdan 250 million soʻmgacha daromad olishga oʻqitilmoqda

16:53 / 27.04.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida “Quva Agrostar” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida mahsulotni yetishtiribgina qolmay, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish, qayta ishlash va eksportga yoʻnaltirish hajmlarini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi tashkil etilib, uning taʼsischiligida 21 ta tumanda ixtisoslashtirilgan agrar majmualar ish boshladi.

Sohadagi asosiy muammolardan biri ishlab chiqarish zanjirining tarqoqligi edi. Dehqon mahsulot yetishtirar, ammo uni saqlash, saralash, qadoqlash va tashqi bozorga chiqarish imkoniyati cheklangan edi. Ixtisoslashgan agrokomplekslar esa aynan shu boʻshliqni toʻldirmoqda.

Ulardan biri “Quva Agrostar” korxonasi. Quva tumanida joylashgan majmua yiliga 12 turdagi 5 ming tonna mahsulotni yetishtirishdan tortib, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksportgacha boʻlgan jarayonlarni yagona zanjirda birlashtirgan.

Korxonaning Italiya, Ispaniya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologiyalari va Global GAP, ISO 22000, Halal va HACCP kabi xalqaro sertifikatlari mahsulot sifati va milliy brendga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tizimli yondashuv natijasida 2025-yilda ilk bor Yaponiya va Janubiy Koreya kabi talabchan bozorlarga aviatransport orqali mahsulot eksport qilindi. Joriy yilda 25 million dollarlik mahsulotni tashqi bozorga yetkazish rejalashtirilgan.

Tumandagi 33 ta mahalladan 3 mingta xonadon va 1 mingta dehqon xoʻjaligi bilan kooperatsiya aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Odamlarga 10 sotix tomorqadan 250 million soʻmgacha daromad olish amaliyoti oʻrgatilmoqda.

Shu yerning oʻzida aholiga tomorqadan samarali foydalanishni oʻrgatish va mahallalarni chuqur ixtisoslashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Tomorqa shunchaki qoʻshimcha daromad manbai emas, balki oilaviy tadbirkorlikning samarali yoʻnalishiga aylanishi muhim ekani taʼkidlandi. Aholiga urugʻ tanlash, agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri bajarish, sifatli hosil olish, mahsulotni bozor talabiga mos holda tayyorlash va eksport standartlariga muvofiq qadoqlash boʻyicha amaliy koʻnikmalar berish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Davlatimiz rahbari “Quva Agrostar” erishgan natijalarni yuqori baholab, yerdan samarali foydalanish, mahsulotni chuqur qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish, eng muhimi, dehqon va tomorqa egalari daromadini sezilarli darajada oshirish muhim ekanini ta’kidladi. Shu maqsadda Farg‘ona viloyatida 50 ming gektar yer maydonida tajriba tariqasida ilg‘or agrotexnologiyalarga asoslangan qishloq xo‘jaligi tizimi joriy etilishi belgilandi.


O‘zbekiston


														
														Prezident Toshkentda sun’iy ko‘llar sonini 12 taga yetkazishni topshirdi

Prezident Toshkentda sun’iy ko‘llar sonini 12 taga yetkazishni topshirdi

Toshkent shahrida sun’iy ko‘llar soni 12 taga yetkaziladi. Bu bo‘yicha topshiriq Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan gidr…
20:02 / 29.04.2026

														
														Jarima maydonchasidan avtomashinani onlayn olish imkoniyati yaratildi

Jarima maydonchasidan avtomashinani onlayn olish imkoniyati yaratildi

Yangi tartibga ko‘ra, jarima maydonchasida saqlanayotgan avtomobillarni onlayn tarzda qaytarib olish imkoniyati joriy etildi.
19:59 / 29.04.2026

														
														Chirchiqda zararli APK dasturlarni sotgan shaxs qo‘lga olindi

Chirchiqda zararli APK dasturlarni sotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida zararli dasturlarni sotish bilan shug‘ullangan shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi.
17:31 / 29.04.2026

														
														“Haj–2026” mavsumi 2-maydan boshlanadi

“Haj–2026” mavsumi 2-maydan boshlanadi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga Haj ziyorati uchun jo‘natish mavsumi 2026-yil 2-maydan 18-mayga qadar da…
14:03 / 29.04.2026

														
														Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi aniq bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi aniq bo‘ldi

Ikki karra Olimpiada va Jahon chempioni Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 2026-yil 9-may kuni Buyuk Britaniyaning Mancheste…
14:01 / 29.04.2026

														
														Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining ma’lumotlari o‘g‘irlandimi?

Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining ma’lumotlari o‘g‘irlandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi Kiberxavfsizlik markazi DUK xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari sizdirilgani va sotuvga …
11:17 / 29.04.2026

														
														Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizlarga tegajog‘likda gumon qilinmoqda

Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizlarga tegajog‘likda gumon qilinmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron shahrida patrul-post xizmati (PPX) xodimi ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan noqonuniy…
10:49 / 29.04.2026

														
														Soliq boshqarmasi xodimi pora bilan ushlandi

Soliq boshqarmasi xodimi pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi jinoyatlarga qarshi kurashi…
09:59 / 29.04.2026

														
														Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish 29–30-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
09:55 / 29.04.2026

														
														Xivada “Yashil bayroq” ko‘tarildi

Xivada “Yashil bayroq” ko‘tarildi

Xivada “Eco-schools Uzbekistan” loyihasining asosiy ramzi — Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi.
09:41 / 29.04.2026

Bu ham qiziq

Xivada “Yashil bayroq” ko‘tarildi

Xivada “Yashil bayroq” ko‘tarildi

Xivada “Eco-schools Uzbekistan” loyihasining asosiy ramzi — Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi.
09:41 / 29.04.2026
Prezident Farg‘onada investitsiya markazi va yirik loyihalar bilan tanishdi

Prezident Farg‘onada investitsiya markazi va yirik loyihalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifining ikkinchi kuni Farg‘ona shahrida Investorlarga xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati …
11:55 / 28.04.2026
Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizlarga tegajog‘likda gumon qilinmoqda

Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizlarga tegajog‘likda gumon qilinmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron shahrida patrul-post xizmati (PPX) xodimi ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan noqonuniy…
10:49 / 29.04.2026
“Haj” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

“Haj” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Andijon viloyati Asaka tumanida muqaddas “Haj” ziyoratini amalga oshirish istagidan foydalanib, fuqarolarni aldamoqchi bo‘lg…
15:14 / 28.04.2026
29-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

29-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:36 / 28.04.2026
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Isroil Rossiyaning yangi hududlaridan don import qilgan

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Isroil Rossiyaning yangi hududlaridan don import qilgan

Shu sababli Ukraina prezidenti ularga sanksiyalar bilan tahdid qildi.
17:32 / 28.04.2026
Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish 29–30-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
09:55 / 29.04.2026
Jarima maydonchasidan avtomashinani onlayn olish imkoniyati yaratildi

Jarima maydonchasidan avtomashinani onlayn olish imkoniyati yaratildi

Yangi tartibga ko‘ra, jarima maydonchasida saqlanayotgan avtomobillarni onlayn tarzda qaytarib olish imkoniyati joriy etildi.
19:59 / 29.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonliklar maosh va oziq-ovqatsiz qoldirildi

Rossiyada o‘zbekistonliklar maosh va oziq-ovqatsiz qoldirildi

Rossiyada 4 oy davomida maoshsiz va oziq-ovqatsiz qoldirilgan 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlik ishchining muammosi hal etil…
14:47 / 28.04.2026
“Haj–2026” mavsumi 2-maydan boshlanadi

“Haj–2026” mavsumi 2-maydan boshlanadi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga Haj ziyorati uchun jo‘natish mavsumi 2026-yil 2-maydan 18-mayga qadar da…
14:03 / 29.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!