Toshkentdagi teatrlar doimo ijodiy hayot markazi bo‘lib kelgan. Biroq ayni paytda poytaxtdagi ko‘plab teatrlarning moddiy-texnik bazasi jiddiy yangilanishga muhtoj.
Xususan, Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat akademik musiqali teatri, O‘zbekiston Yoshlar teatri hamda “Arena” yotoqxonasi binolari uzoq vaqtdan beri ta’mirtalab holatda ekani qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, zarur sharoitlar yaratilsa, teatrlarning repertuari yangilanadi, tomoshabinlar e’tiborini tortadigan, dolzarb mavzulardagi spektakllar sahnalashtiriladi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Muzeyda nodir qo‘lyozmalar raqamlashtirilib, kitobxonlarga taqdim etilmoqda.
Moliyalashtirish masalalarini hal etish uchun mas’ullar belgilangani, jarayon esa alohida nazoratga olingani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!