Reporters Without Borders tomonidan e’lon qilingan 2026-yilgi Jahon matbuot erkinligi indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 180 davlat orasida 147-o‘rinni egalladi.
Hisobotda qayd etilishicha, joriy yilda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida jurnalistlar uchun sharoitlar yomonlashgan, ilk bor davlatlarning yarmidan ko‘pi “qiyin” toifaga tushgan.
O‘zbekistonning umumiy balli biroz pasaygan bo‘lsa-da, o‘rin bir pog‘ona yaxshilangan. Bu boshqa davlatlarda vaziyat yanada yomonlashgani bilan izohlanadi. Hisobotga ko‘ra, mamlakatda iqtisodiy va xavfsizlik indikatorlarida ayrim yaxshilanishlar kuzatilgan, biroq siyosiy, ijtimoiy va huquqiy ko‘rsatkichlarda pasayish qayd etilgan.
Global reytingda esa matbuot erkinligi holati so‘nggi 25 yil ichida eng past darajaga tushgani ta’kidlanadi. Dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pi “qiyin” yoki “juda jiddiy” toifaga kirgan.
Mutaxassislar fikricha, so‘nggi yillarda siyosiy bosim, iqtisodiy zaiflashuv va jurnalistlarga nisbatan huquqiy cheklovlar kuchayib borayotgani global media erkinligiga jiddiy ta’sir qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!