Andrej Babish 30-aprel kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi va Ko‘ksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi.
Marosimda faxriy qorovul saf tortdi, O‘zbekiston va Chexiya davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qabul qilib, shohsupaga taklif etdi.
Rasmiy tadbir doirasida harbiy orkestr ijrosi ham yangradi, so‘ngra ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan tanishdilar.
Tashrif davomida O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!