$
11975.36 UZS
-98.06
162.91 UZS
-1.56
14020.75 UZS
-113.6
31° Kechasi 18°

Giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh ushlandi

16:55 / 11.05.2026

Qo‘shni davlatdan giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, 2025-yilning avgust oyida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar va Bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida harakatlanayotgan Matiz rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, unda 1984-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsga tegishli  1 kg 976 gr “gashish” moddasi va elektron tarozi borligi aniqlandi. Shuningdek, u jinoiy guruh yetakchisi ekani ma’lum bo‘lib, uning yashash manzilidan  2 kg 236 gr “gashish” moddasi topildi. Tezkor tadbirlar davomida guruhning 1975, 1976, 1993-yillarda tug‘ilgan 3 nafar a’zosi ham ushlanib, ulardan jami 391 gr “gashish” va 542 gr marixuana giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Jinoiy guruhning qolgan 1981, 1984, 1989-yillarda tug‘ilgan 3 nafar a’zosi esa guruh yetakchisining topshirig‘i asosida Qirg‘iz Respublikasidagi narkosavdogarlardan “tovar”ni olish, chegaradan o‘tkazish va manzilga yetkazib berish vazifalarni bajarishgan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, jinoiy guruh faoliyati davomida jami 10 kg.ga yaqin “gashish” moddasini noqonuniy aylanmaga kiritgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudi hukmiga ko‘ra, narkosavdogarlar Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan aybli deb topilib, 8-yildan 11-yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. 

O‘zbekiston

														Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Turkistondagi yangi masjid bilan tanishdilar

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Turkistondagi yangi masjid bilan tanishdilar

Amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo…
13:08 / 15.05.2026

														“Biz Buxoroda ko‘zdan kechirgan bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli nihoyatda achinarli...” – Saida Mirziyoyeva

“Biz Buxoroda ko‘zdan kechirgan bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli nihoyatda achinarli...” – Saida Mirziyoyeva

Hududlarga safarlarimiz – Prezident topshiriqlari ijrosining qat’iy nazorati va joylardagi har bir muammoga qaratilgan e’tib…
12:34 / 15.05.2026

														O‘zbekiston Prezidenti Turkistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkistonga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkiston shahriga bordi.
12:11 / 15.05.2026

														Shavkat Mirziyoyev Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fur…
12:01 / 15.05.2026

														Bugun Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklif…
09:30 / 15.05.2026

														855 ming doza narkotik, 410 ming dona psixotrop vosita: bir oyda 23 ta uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

855 ming doza narkotik, 410 ming dona psixotrop vosita: bir oyda 23 ta uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Huquq-tartibot organlari tezkor bo‘linmalari hamkorligida aprel oyida uyushgan narko-jinoyatchilik va uyushgan jinoiy guruhl…
09:25 / 15.05.2026

														“Prezident hojisi” sifatida 100 nafar vatandosh Haj safariga bepul yuboriladi

“Prezident hojisi” sifatida 100 nafar vatandosh Haj safariga bepul yuboriladi

O‘zbekistonda “Prezident hojisi” dasturi doirasida 100 nafar fuqaro Haj safariga bepul yuborilmoqda. Yo‘llanmalarni topshiri…
07:23 / 15.05.2026

														O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi

15-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
00:36 / 15.05.2026

														Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklari orasidan 20 kilo narkotik aniqlandi

Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklari orasidan 20 kilo narkotik aniqlandi

Farg‘ona viloyatida qo‘shni davlatdan kirib kelgan Volvo rusumli yuk mashinasi g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kilogramm na…
19:29 / 14.05.2026

Bu ham qiziq

Yetti pir yurti — Buxoro Media haftalik markazida

Yetti pir yurti — Buxoro Media haftalik markazida

Buxoroda Media haftalikka start berildi.
02:45 / 13.05.2026
Kartalarga tushumlar Soliq qo‘mitasi nazoratida

Kartalarga tushumlar Soliq qo‘mitasi nazoratida

Soliq qo‘mitasi ayrim tadbirkorlar faoliyatida plastik kartadan plastik kartaga (P2P) o‘tkazmalar orqali amalga oshirilayotg…
09:57 / 13.05.2026
13-may kungi ob-havo ma’lumoti

13-may kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:23 / 12.05.2026
OpenAI sun’iy intellektni (SI) global darajada boshqarish uchun xalqaro organ tuzishni taklif qildi.

OpenAI sun’iy intellektni (SI) global darajada boshqarish uchun xalqaro organ tuzishni taklif qildi.

Kompaniya vakili Kris Lixeynning aytishicha, SI texnologiyasi endi oddiy savdo yoki alohida davlatlar qoidalari bilan chekla…
17:05 / 14.05.2026
Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi.

Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi.

Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti (OIV) ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda butun dunyoda 208 million gektolitr vino ist…
17:13 / 14.05.2026
O‘zbekiston Prezidenti Turkistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkistonga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkiston shahriga bordi.
12:11 / 15.05.2026
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Surxondaryoda fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, 400 ming dollardan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan…
10:23 / 14.05.2026
Zelenskiy va rafiqasi ajrashayotgani aytilmoqda

Zelenskiy va rafiqasi ajrashayotgani aytilmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy turmush o‘rtog‘i Yelena Zelenskaya bilan ajrashishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida …
11:18 / 14.05.2026
“Oltin Qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda

“Oltin Qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda

XX Milliy mukofoti doirasida e’lon qilingan xalqaro tanlovga ijodiy ishlar qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
10:38 / 13.05.2026
Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi

Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi

Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda boylik orttirmoqchi bo‘ldi.
17:48 / 12.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!