Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlari bilan muloqotda umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan 6 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi loyihasi yaqin vaqtda ochiq tanlovga chiqarilishini ma’lum qildi.
Davlat rahbarining qayd etishicha, dastlabki bosqichda «yashil» energetika quvvatlarini tezkor yaratish maqsadida loyihalar asosan investorlar taklif qilgan hududlarda joylashtirilgan. Bu investitsiyalarni jalb qilishga yordam bergan, biroq ayrim hududlarda quvvatlarning to‘planishi elektr energiyasini boshqa hududlarga yetkazish xarajatlarini oshirgan.
"Bizga alohida-alohida elektr stansiyalari emas, uzviy bog‘langan energetika tizimi kerak", — dedi Prezident.
Endilikda elektr energiyasiga talab va zarur quvvatlar hududlar kesimida oldindan rejalashtirilib, tayyor loyihalar ochiq tanlovga chiqariladi. Har bir loyiha bo‘yicha yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va muddati, elektr energiyasini xarid qilish hamda to‘lov shartlari avvaldan e’lon qilinadi.
Barcha investorlar uchun teng talablar belgilanib, to‘lov intizomi va xatarlarni kamaytirish mexanizmlari mustahkamlanadi. Prezident investorlarni bo‘lajak tanlovlarda ishtirok etishga taklif qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!