42 mln. so‘mlik kuchli ta’sir etuvchi moddalarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi 

  • 13:51 / 12.07.2021
  • 146

Sirdaryoda “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlarga jinoyat ishi qo‘g‘atildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kutrashish departamentining Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Unda fuqaro M.Q. xaridor F.ga 150 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dori vositasini 12 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. So‘ngra, uning ko‘rsatmasiga asosan davom etgan tadbirda, M.Q.ga dori vositalarini yetkazib beruvchi sherigi A.X. 600 dona “Tropikamid” dori vositasini 30 mln. so‘mga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar