$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Kelgusi 5 yillikda Fargʻonada 300 ga yer maydonida zamonaviy “Ekoshahar” bunyod etiladi

19:45 / 16.11.2021

AOKA tomonidan respublikada faoliyat yuritayotgan OAV uchun Fargʻona viloyatiga media-tur tashkil etildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MIrziyoyev raisligida aholini uy joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish choratadbirlari muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda berilgan topshiriqdan kelib chiqib, AOKA va Fargʻona viloyati hokimligi hamkorligida Fargʻona viloyati, shu jumladan Bagʻdod tumanidagi ijtimoiy iqtisodiy obyektlarga media-tur tashkil etildi. 

Media-tur ishtirokchilari dastlab, Fargʻona shahar kasb-hunar maktabida “yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tashkil etilgan koʻchat ekish aksiyasida faol ishtirok etishdi. Qayd etish mumkin, mazkur loyiha boʻyicha Fargʻona shahri boʻylab, 2 mln. koʻchat ekilishi rejalashtirilgan, mutasaddilar esa bu koʻrsatkichni 3 millionga yetkazishni maqsad qilinganini taʼkidlashdi. 

Tur doirasida navbatdagi manzil “Fergana Global Textle” MChJ boʻldi. Taʼkidlash joiz mazkur korxona 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 1 200 nafar fuqaroni ish bilan taʼminlamoqda. Paxtani oʻzi yetishtirib, uni toʻliq qayta ishlagan holda, mato holatiga keltirib, ularni boʻyash bilan faoliyat yuritadigan “Fergana Global Textle”ning yillik eksport hajmi hozircha, 48 million AQSh dollarni tashkil etadi. Ayni paytda, korxona oʻz mahsulotlarini Turkiya, Xitoy va boshqa bir qancha MDH mamlakatlariga eksport qilmoqda.

Respublika OAV vakillari yoʻl olgan navbatdagi manzil Fargʻona shahrida kelgusidagi 5 yillikda 300 ga yer maydonida bunyod etiladigan zamonaviy “Ekoshahar” boʻldi. Maʼlum qilinishicha, mazkur shaharcha 40 ming aholiga moʻljallangan, zamonaviy shaharga aylanadi. Shuningdek, 250 dan ortiq 9, 12, 16 hamda 25 qavatli uylar, turli ijtimoiy tuzilma obyektlari, 70 ga yer maydonida esa Yangi Oʻzbekiston bogʻi qad rostlaydi.

Viloyatdagi bir qancha bunyodkorlik va obodchalik ishlari bilan tanishgan jurnalistlar viloyatning Oltiariq tumanidagi, tadbirkor Nuriddin Aliqulovga tegishli meva va sabzavotlarni saqlashga moʻljallangan maxsus muzlatgichda ham boʻlishdi. Umumiy 3 200 tonna sigʻimga ega ushbu sovitkich xoʻjalikning 35 gektarlik bogʻida yetishtirilayotgan mevalardan tashqari tumandagi bogʻlarda pishib yetilgan meva, sabzavotlarni sifatli saqlab Oʻzbekiston hamda Xorij bozorlariga chiqishi uchun xizmat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Oltiariq tumanda bunday muzlatgichlar soni 16 ta edi, hozir esa bu koʻrsatkich 103 tani tashkil etmoqda.


Bu ham qiziq

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va…
17:11 / 05.11.2026
Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda 9-noyabrdan maktab, boğça, şifoxona va köp kvartirali uylarga issiqlik beriş boşlanadi. Isitiş tizimi bosqiçma-bos…
08:55 / 07.11.2026
Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Bu mamlakat paxtaçiligi tarixidagi re…
15:53 / 05.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026
Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda reklama va aksiyalar doirasida oziq-ovqat, buyum hamda boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki juda arzon narxd…
14:33 / 05.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026
OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötka…
08:21 / 05.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!