5 kun ichida O‘zbekistonda vaksina olganlar soni 35 ming nafardan oshdi

  • 14:06 / 06.04.2021
  • 83

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, 5-aprel holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 35 386 nafarga yetdi. 

 Kecha, 5-aprel kuni emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni: 

–  Samarqand viloyati (1783 nafar);
–  Toshkent shahri (1691 nafar);
–  Toshkent viloyati (1321 nafar);
–  Namangan viloyati (1171 nafar); 
–  Andijon viloyati (1128 nafar) band qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash 2021-yil 1-apreldan boshlangan.