$
11915.64 UZS
28.92
146.19 UZS
-0.18
13749.46 UZS
32.19
31° Kechasi 18°

Internet

Toshkentning qoq markazida tunda bir oilaning uyi buzib tashlandi (video)

19:27 / 25.03.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Olmazor tumani hududida qurilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tutash xonadonlarning biri buzib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Tarqalgan videotasvirda aytilishicha, xonadonlarning biriga tungi vaqtda Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari Abdurasul ismli shaxs (videotasvirdagi gapga ishonilsa, bu Kuno‘z nashri bilan muammoli vaziyatga tushib 2019-yilning 27-sentyabrida tuman hokimi o‘rinbosari lavozimidan ketgan, ammo 2020-yilning noyabrida yana “post”ga qaytgan Abdurasul Vahobov bo‘lishi mumkin, -tahr.) 15 nafar maskali harbiylar bilan kelib, xonadon egalarini majburan uydan olib chiqqan va uylarini buzishgan.

Xabardor.uz so‘rovi bilan Bosh prokuraturaning bergan maʼlumotiga ko‘ra, Olmazor tuman hokimligining 5-yanvar kungi daʼvo arizasiga asosan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi 2022-yil 17-fevralda hokimlik foydasiga sirtdan qaror qabul qilgan, yaʼni hokimlik daʼvosi qanoatlantirilgan.

Unga ko‘ra, javobgar Sh.A., M.A. va 3 nafar farzandlari bilan Olmazor tumani Yog‘du ko‘chasida joylashgan yangi qurilgan 6-sonli ko‘p qavatli uyning 2 ta xonadoniga ko‘chirilishlari belgilangan.

Shuningdek, ushbu hovlining mulkdori bo‘lgan yana bir fuqaro – Sh.A.ga Shayxontohur tumani Ko‘kcha dahasidan 2 xonali yangi xonadon ajratilib, mazkur oilaga jami 3 ta xonadon berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1-fevraldagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputatlar “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi  yangi qonunni qabul qilgan va maʼqullash uchun Senatga yuborgan edi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, kelgusida fuqarolarning mulk huquqini buzayotgan mantiqsiz qonunosti hujjatlar bekor qilinishi, hokimliklarning fuqaroga tegishli yerlarni birovlarga berib yuborishi mumkin bo‘lgan barcha “darchalar” yopilishi kerak edi.

Shuningdek, maʼqullanishi kutilgan yangi qonunga ko‘ra “snos”ga tushayotgan hudud egalari bilan ochiq muhokama tashabbuskor tomonidan tashkil etilishi va ochiq muhokama jarayonining majburiy tartibda audio va video yozuvi taʼminlanishi belgilanayotgan edi. Ochiq muhokamada esa ommaviy axborot vositalari ishtirokini tashkil etish ham nazarda tutilgan edi.

Ammo mazkur qonun nomaʼlum sabablarga ko‘ra Senat tomonidan qaytarilgan.

“To‘g‘ri qonunda baʼzi kamchiliklar bo‘lishi mumkin, biroq bu bilan butun boshli qonunni qaytarish noto‘g‘ri, deb o‘ylaymiz. Hozircha asosli eʼtiroz ham ko‘rmadik”, – deb o‘z munosabatini bildirgan edi deputat Rasul Kusherbayev. 

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston “Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmaslik” reytingida 139 ta davlat ichida 138-o‘rinda turadi.

Shuningdek, 2022-yilda Iqtisodiy erkinlik reytingining “Mulk huquqi” indikatorida O‘zbekistonning o‘rni uchun 73 pog‘onaga pasayib, 180 mamlakat ichida 148-o‘ringa tushgan (2021-yilda 75-o‘rin).


Bu ham qiziq

Kanada Bosh vaziri Mark Karni Donald Trampga kinoyali munosabat bildirdi

Kanada Bosh vaziri Mark Karni Donald Trampga kinoyali munosabat bildirdi

Kanada Bosh vaziri Mark Karni uy-joy siyosatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida telesuflyor ishlamay qolganidan so‘ng AQSH …
10:34 / 06.08.2026
Bugun, 7-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 7-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

7 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI6 avgust soat 20 dan 7 avgust soat 20 gacha
16:51 / 06.08.2026
Turkiyalik olimning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi taqdim etildi

Turkiyalik olimning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi taqdim etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbeki…
16:30 / 07.08.2026
Qulay shahar muhiti — aniq yechimlar orqali

Qulay shahar muhiti — aniq yechimlar orqali

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining jamoat xavfsizligi va qon…
09:11 / 07.08.2026
Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

7-avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor, taniqli kinoak…
09:26 / 08.08.2026
Namanganda 577 million so‘mlik hujjatsiz dorilarni saqlagan shaxs ushlandi

Namanganda 577 million so‘mlik hujjatsiz dorilarni saqlagan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida umumiy qiymati 577,4 million so‘m bo‘lgan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan 13 mingdan or…
14:40 / 08.08.2026
Hindistonda mashhur jurnalist zo‘rlash ishida aybdor deb topildi

Hindistonda mashhur jurnalist zo‘rlash ishida aybdor deb topildi

Hindistonning Mumbay Oliy sudi mashhur “Tehelka” jurnalining sobiq bosh muharriri Tarun Tejpalni hamkasbini zo‘rlaganlikda a…
16:25 / 06.08.2026
O‘zbekistonlik bokschi AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonlik bokschi AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov AQShda immigratsiya qoidalarini buzish bilan bog‘liq holat sabab…
14:55 / 08.08.2026
Toshkentda kvartiralar qimmatlashdi, hovlilar narxi pasaydi

Toshkentda kvartiralar qimmatlashdi, hovlilar narxi pasaydi

O‘zbekistonda 2026-yilning ikkinchi choragidan boshlab uy-joy narxlari indeksini hisoblashning yangi metodologiyasi joriy et…
16:34 / 06.08.2026
Abduqodir Husanovning bobosi vafot etdi

Abduqodir Husanovning bobosi vafot etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hos…
15:58 / 07.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!