Joriy yil 29-mart kuni soat taxminan 02:03 larda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan Samarqand Davlat Unversiteti 2-bosqich talabasi S.E. Samarqand shahri Spitamenshoh ko‘chasi 166-uy manzilida joylashgan ko‘p qavatli talabalar turargohidan o‘zini tashlab yuborib, voqea joyida og‘ir tan jarohatlari bilan vafot etgan.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Xabardor.uz tahririyatiga maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan voqea joyi Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan. EKB mutaxassisi tomonidan voqea joyi foto suratga olingan hamda holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Shuningdek, 29-mart kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha shahar prokuraturasiga yuborilgan.
Shahar prokuraturasi tomonidan S.E. ning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyatga oid arizalar va xabarlarni ro‘yxatga olish kitobidan qayd etilgan va tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish uchun tegishlicha tergovchiga yuklatilgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi taʼminlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!