2022-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasiga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi 499,5mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilning yanvar–fevral oylariga nisbatan 35,7 foiz yoki 131,5 mln. dollarga oshdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 92 ta mamlakatdan oziq-ovqat mahsulotlari importi amalga oshirilgan bo‘lsa, 2021-yilda esa 89 ta mamlakatdan oziq-ovqat tovarlari importi amalga oshirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat mahsulotlari importi asosan Qozog‘iston (36,1%), Rossiya Federasiyasi (25,6%), Braziliya (12,4%), Belarus Respublikasi (4,4%) va Pokiston (3,6%) kabi davlatlarga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!