7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni 

  • 12:31 / 07.04.2021
  • 63

Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotiga asos solingan 7-aprel sanasi butun dunyoda “Xalqaro salomatlik kuni” sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan sizga salomatlik haqidagi qiziqarli faktlarni taqdim etamiz. 

1. Dunyodagi eng sog‘lom odamlar yashaydigan maskan – Yaponiyaning Okinava oroli hisoblanadi. Bu yerda 100 yoshdan oshgan 450 nafar inson yashaydi. 
2. Yoshlikda gimnastika bilan shug‘ullanish yosh ulg‘aygan paytda ham miyaning yaxshi ishlashiga yordam beradi. 
3. Hayotdan noliydigan odamlar boshqalarga qaraganda uzoqroq yashashadi, boisi ular noligan vaqtlarida ruhiy bosimdan xalos bo‘ladilar. 
4. Mutolaani sevadigan insonlar kitob o‘qiymaydiganlarga nisbatan o‘rtacha 2 yilga ko‘proq umr kechiradilar.
5. Dunyoda 13 million ish kuni stress bilan bog‘liq kasalliklar tufayli “yo‘qotiladi”.