7-apreldan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi

  • 16:24 / 05.04.2021
  • 61

5-aprel kuni Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida 2020-2021 yildagi isitish mavsumini yakunlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Unga muvofiq, 2021-yil 7-apreldan Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchilar uchun isitish mavsumi yakunlanib, navbatdagi, 2021–2022-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari begilangan tartibda boshlanadi.