Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, BMB Trade Group kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi hamda “Hilton” mehmonxonasi oʻzbek futbolining 110 yilligiga bagʻishlab muxlislar uchun ajoyib sovgʻa tayyorlamoqda.
Uzoq yillar davomida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan futbolimiz afsonalari milliy terma jamoa bilan xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazadilar.
Shu munosabat bilan mamlakatimizga Italiya futboli afsonalaridan iborat jamoa tashrif buyuradi. Media-tadbirlar 17-may kuni “Bunyodkor” stadionida, jamoalar oʻrtasidagi oʻyin 18-may kuni “Paxtakor” stadionida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!