8 ta bloger va 11 ta jurnalist: Jamoatchilik kengashi tarkibiga kimlar kiritildi?

  • 17:00 / 13.02.2020
  • 446

2020-yil 12-fevral kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi, deyiladi fondning telegramdagi rasmiy kanalida. 

Dastlab, Anhor.uz nashri bosh muharriri Lola Islamova Jamoatchilik kengashining raisi, bloger Qobil Xidirov rais o‘rinbosari hamda bloger Laziz Hamidov kotib etib saylandi. 

Xabarda aytilishicha, jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan sohaga oid bir nechta qonun va qonunosti hujjatlarini bitta kodeks sifatida birlashtirishni, ushbu masala yuzasidan katta tajribaga ega jurnalistlar, huquqshunoslar va ekspertlardan iborat ishchi guruh tuzish taklif qilindi.

Yig‘ilishda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi ham tasdiqlangan. Kengash tarkibidan quyidagilar o‘rin olgan:

1.  Sherzodxon Qudratxo‘jayev (O‘zJOKU, Xalqaro press-klub)
2.  Azamat Atajanov (Gazeta.uz)
3.  Umid Shermuhammedov (Kun.uz)
4.  Muhrim A’zamxo‘jayev (Daryo.uz)
5.  Xurshid Daliyev (Human.uz)
6.  Qamariddin Shayxov (Qalampir.uz)
7.  Abdug‘ani Abdurahmonov (Xabar.uz)
8.  Lola Islamova (Anhor.uz)
9.  Jaloliddin Safoyev (SevimliTV)
10. Qobil Ahmedov (MY5 va Yoshlar TV)
11. Hojimurod Atakulov (Oriat-dono FM)
12.  Qobil Xidirov (bloger)
13.  Nozim Safarov (bloger)
14.  Ali Qahhorov (bloger)
15.  Laziz Hamidov (bloger)
16.  Kirill Altman (bloger)
17.  Feruzxan Yakubxodjayev (bloger)
18.  Nikita Makarenko (bloger)
19.  Sasha Ivanyujenko (bloger)