$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
15° Kechasi

Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi (to‘liq matn)

09:19 / 25.05.2022

Qadrli maktab bitiruvchilari!

Sizlarni maktab taʼlimini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yana-da go‘zal va masʼuliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim dargohlarida “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari o‘tkazilayotgan ushbu quvonchli va g‘oyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.

Umid va ishonch ramzi bo‘lgan yetuklik shahodatnomalari barchangizga muborak bo‘lsin!

Aziz bolalarim!

Bu yil respublikamizda 390 ming nafardan ziyod o‘quvchi-yoshlar umumtaʼlim maktablarini bitirmoqda. Hech shubhasiz, o‘z bilim va isteʼdodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bo‘lishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chog‘lanib turgan sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi O‘zbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Albatta, bugun yurtimizda maktab bitiruvchilari bilan birga ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar uchun ham unutilmas kundir. Ushbu quvonchli ayyomda ularni ham chin dildan qutlab, barchasiga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

So‘nggi yillarda maktabgacha taʼlim, oliy va o‘rta maxsus taʼlim tizimi sifat jihatidan keskin o‘zgardi. Ayniqsa, maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanib, bu borada tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda yurtimizda 10 mingdan ziyod davlat umumtaʼlim maktablari bilan birga ko‘plab nodavlat, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar, Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari faoliyat yuritayotgani ushbu tizimda qisqa muddatda chuqur tarkibiy va sifat o‘zgarishlari yuz berganini ko‘rsatadi.

Birgina o‘tgan yilda 3,3 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 789 ta maktabda qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz qo‘lga kiritgan medallar soni 3 barobar, mintaqaviy olimpiadalarda esa qariyb 2 barobar ko‘paygani, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 900 mingdan ziyod o‘quvchi dasturlash asoslarini o‘rganib, sertifikatga ega bo‘lgani barchamizni xursand qiladi.

Butun hayotini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan jonkuyar o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularning ish va turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi obro‘-eʼtiborini oshirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda.

Taraqqiy topgan davlatlar tajribasi asosida maktab taʼlimi uchun o‘quv dasturi va darsliklar yangilanmoqda. Ayniqsa, umumtaʼlim maktablari uchun 326 nomda o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar kitobi hamda mashq daftarlari yaratilgani muhim qadam bo‘ldi.

Yurtimizdagi barcha maktablar yuqori tezlikdagi optik tolali internet tarmog‘iga ulanib, lokal tarmoq hamda Wi-Fi uskunalari o‘rnatildi.

Shuningdek, hozirgi notinch zamonda farzandlarimizni yuksak maʼnaviyat egalari, chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Keng ko‘lamdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda, yoshlarimiz o‘rtasida kitobxonlikni kuchaytirish, ularni adabiyot, sanʼat va sport to‘garaklariga yana-da faol jalb etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Aziz farzandlarim!

Keyingi paytda xalqimiz, ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan siz kabi yoshlarimiz uchun O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 162 ta oliy o‘quv yurti, ko‘plab kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar kelgusida sizlarning o‘zingiz tanlagan sohalar bo‘yicha yetuk kadr va malakali mutaxassis bo‘lishingiz uchun xizmat qiladi.

Shuningdek, 78 ta oliy taʼlim muassasasida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, oliy maʼlumot olish hamda masofaviy taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bitiruvchi yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2016 yildagi 9 foizdan bu yil 38 foizga yetkazildi.

Yurtimizda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, nogiron bolalar uchun professional taʼlim tizimida alohida imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bu haqda so‘z yuritganda, 2020-2021 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 1157 nafar, 2021-2022 o‘quv yilida esa 1433 nafar o‘quvchi qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganini taʼkidlash lozim.

Aminman, sizlar ana shunday imkoniyatlar asosida yetuk mutaxassislar bo‘lib, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy klasterlar, fermer xo‘jaliklari, ishlab chiqarish korxonalari, katta-katta qurilishlar, firma va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, madaniy va ijodiy jamoalarda ish boshlaysiz va Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini oshirishga albatta munosib hissa qo‘shasiz.

Muxtasar aytganda, maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizning har biri el-yurtimizning mehri va eʼtiborida bo‘ladi. Bu borada joylarda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, sektor rahbarlari, mahalla jamoatchiligi ota-onalar va ustozlaringiz bilan birgalikda sizlarga yaqin ko‘makchi va maslahatchi bo‘ladi.

Mana shunday shukuhli onlarda siz, aziz farzandlarimni maktab taʼlimini muvaffaqiyatli tamomlab, hayotingizda dastlabki muhim dovondan oshganingiz bilan yana bir bor tabriklayman.

Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yana-da ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz.

Barchangizga ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman.

Doimo sog‘-omon bo‘ling!

Intilib, izlanib yashashdan aslo to‘xtamang!

Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!

Shavkat MIRZIYOYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Bu ham qiziq

“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

Sattarov shu yilning fevral oyida o‘g‘irlik va rasmiy soxtalashtirishda gumon qilinib hibsga olingan Anvar Jurayevning o‘rni…
21:50 / 22.11.2024
Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
22:39 / 21.11.2024
Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirl…
20:30 / 22.11.2024
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
18:42 / 21.11.2024
Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
21:39 / 21.11.2024
Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Kecha, 21-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlari uchun hibsga olish to‘…
09:38 / 22.11.2024
Tramp Adliya vazirini Bosh prokuror qilmoqchi

Tramp Adliya vazirini Bosh prokuror qilmoqchi

Bu haqda prezident o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
10:01 / 22.11.2024
23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 3-5, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
23:34 / 22.11.2024
Bugun Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Prezident kubogi 2024” turniri boshlanadi

Bugun Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Prezident kubogi 2024” turniri boshlanadi

Toshkentda 21-30-noyabr kunlari dunyoning eng kuchli shaxmatchilari jam bo‘ladi. Boisi ushbu sanalarda shaxmat bo‘yicha uchi…
09:40 / 21.11.2024
Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
12:04 / 21.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!