9 yoshli bolakay tish shifokoriga borib Ginnes rekordchisiga aylandi 

  • 09:20 / 07.04.2021
  • 59

Kanadalik Lyuk Bolton sut tishini oldirish uchun tish shifokoriga borib, Ginnes rekordchisiga aylandi. Gap shundaki, bolakayning sut tishi uzunligi 2,5 santimetrga teng ekan.

Aslida Bolton tish shifokori qabuliga 2019-yilning 17-sentyabr kunida borgan, oradan ko‘p o‘tmay rekord o‘rnatish bo‘yicha ariza topshirgan. Kuni kecha uning rekordchiga aylangani rasman tasdiqlandi. 

Lyuk Bolton ismi Ginnes rekordlari kitobiga tarixdagi eng uzun sut tishi egasi sifatida kiritilgan.