$
11772.95 UZS
-35.81
₽
141.14 UZS
-1.02
€
13224.55 UZS
-179.57
31° Kechasi 18°

Xalqaro hamjamiyat yana qanday yangi xavf-xatarlarga duch keladi, degan savollarga hamon aniq javob yoʻq — Prezident

15:21 / 28.11.2021

Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida soʻzlagan nutqida umumiy saʼy harakatlarni birlashtirish zarur boʻlgan bir nechta yoʻnalishlarni belgiladi.

“Bugungi kunda barchamiz global va mintaqaviy vaziyatning tobora murakkablashib borayotganiga guvoh boʻlib turibmiz.

Davom etayotgan pandemiya taʼsirida jahon iqtisodiyoti rivojida qanday tendensiyalar kuzatiladi, xalqaro hamjamiyat yana qanday yangi xavf-xatarlarga duch keladi, degan savollarga hamon aniq javob yoʻq.

Bunday oʻzgaruvchan sharoitda quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha umumiy saʼy-harakatlarimizni birlashtirish zarur, deb hisoblaymiz.

“Birinchi yoʻnalish” – 500 milliondan ortiq aholi yashaydigan, ulkan bozorga ega boʻlgan mamlakatlarimizning savdo va investitsiya sohalaridagi katta imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarur.

Qabul qilingan “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti istiqbollari – 2025” konseptual dasturi asosida mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini yanada kengaytirish va eng muhimi, amaliy natijadorlikka erishish maqsadga muvofiqdir.

“Ikkinchi yoʻnalish” – mintaqamizdagi mavjud va yangi transport yoʻlaklaridan unumli foydalanish. Bu borada:

- mintaqalararo tranzit xablarini tashkil etish;

- zamonaviy transport va yoʻl infratuzilmalarini rivojlantirish;

- transport va tranzit tariflarini optimallashtirish hamda qoʻshimcha chegirmalarni taqdim etish;

- xalqaro yuk va yoʻlovchi tashish shartlarini yengillashtirish;

- transport sohasini raqamlashtirish masalalariga aniq yechimlar topishimiz zarur.

Bu rejalarni roʻyobga chiqarish uchun mamlakatlarimizning transport-kommunikasiya aloqalarini rivojlantirish va tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan mintaqaviy strategiyani ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir”.

“Uchinchi yoʻnalish” – “yashil taraqqiyot”ga erishish uchun amaliy saʼy-harakatlarimizni safarbar etishimiz darkor.

Ekologik muammolar va iqlim oʻzgarishi keskin tus olayotgan hozirgi davrda:

- davlatlarimizda toʻplangan va xorijiy ilgʻor tajribadan samarali foydalanish;

- “yashil iqtisodiyot”ni birgalikda faol rivojlantirish;

- sanoat tarmoqlariga resurstejamkor texnologiyalarni keng tatbiq etish;

- uglerod neytralligiga erishish kun tartibimizdagi eng dolzarb vazifalardan biridir.

Buning uchun xalqaro ekolog olimlar va ekspertlar ishtirokida yuqori darajadagi (ekologiya vazirlari) doimiy Muloqot kengashini tuzishni taklif etamiz”.

“Toʻrtinchi yoʻnalish” – sayyohlik almashuvlarini qayta tiklash masalasidir.

Buxoro shahrida 2022 yili boʻlib oʻtadigan turizm vazirlarining navbatdagi uchrashuvida pandemiyadan keyingi davrda Xavfsiz sayyohlikni rivojlantirish umummintaqaviy Dasturini qabul qilish tashabbusini bildirmoqchiman.

Shu asosda “ziyorat turizmi” va boshqa qoʻshma sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish, aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilgan boʻlar edi.”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Siyosat


														
														Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob be…
10:44 / 27.09.2026

														
														Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

														
														Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026

														
														Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mav…
09:47 / 23.09.2026

														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

														
														Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Oq uy rahbari Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlarining iltimosiga binoan Eronga beriladigan zarbalarni vaqtincha to‘xtatish…
16:19 / 02.08.2026

														
														Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026

														
														Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir …
10:26 / 20.07.2026

														
														Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026

Bu ham qiziq

Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan…
09:45 / 03.10.2026
O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq i tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq i tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi 100 ta maktabda ayrim fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Bu haqda bugun, 30-sentyabr kuni Prezident Sha…
15:47 / 30.09.2026
Shavkat Mirziyoyev: “Hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topa olmaydi”

Shavkat Mirziyoyev: “Hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topa olmaydi”

O‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari jadal o‘zgar…
13:57 / 30.09.2026
Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

“Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan CICA Media Forum doirasida Boku Kongress markazi…
17:28 / 02.10.2026
O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘zbekistonda pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy malaka oshirish kursida o‘qish talab…
14:17 / 30.09.2026
Atakama cho‘li kuchli yomg‘irdan so‘ng gullarga burkandi

Atakama cho‘li kuchli yomg‘irdan so‘ng gullarga burkandi

Dunyodagi eng qurg‘oqchil hududlardan biri hisoblangan Chilining Atakama cho‘lida 2026-yil boshidagi kuchli yomg‘irlardan so…
10:53 / 03.10.2026
Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha Milliy mudofaa vazirligi mamlakatning urush va zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga to‘liq tayyorgarligini ta’minlashga …
09:41 / 03.10.2026
O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi shakar miqdori haqida majburiy ogohlantiruvchi yozuvlar joriy etilishi reja…
16:19 / 30.09.2026
O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi

O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chor…
14:01 / 30.09.2026
Rossiyada og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyaning janubiy hududlaridan birida mehnat faoliyati davomida og‘ir jarohat olgan O‘zbekiston fuqarosi D.U. vatanga qayt…
09:24 / 03.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!