94 yoshli kung-fuchi buvi

  • 05:50 / 21.02.2017
  • 9922

Xitoyning Chjetszyan viloyatida yashovchi 94 yoshli ayol kung-fu bilan shug‘ullanishi tufayli internetda mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Chjan Xesyan jangovar san'atlarning bu turi bilan to‘rt yoshidan shug‘ullana boshlagan hamda katta bo‘lganidan so‘ng Ninbo shahrida o‘zi dars bera boshladi. Ayol ayni damda nafaqaga chiqqan bo‘lib, har kuni sport bilan shug‘ullanadi va qurol sifatida yog‘och tayoqdan foydalanadi. U o‘z o‘g‘li bilan birgalikda mashqlar olib boradi, shuningdek, chevarasiga ham bu sport sir-asrorlarini o‘rgatmoqda.

Xesyan yaxshi jismoniy holatda bo‘lib, kuchli sog‘lig‘i bilan ajralib turadi. Ta'kidlanishicha, uni mahalliy aholi vakillari “ayol-ritsar” deb atashadi. 

Teglar