Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi chogʻida Margarita Simonyan Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayevga Donbass respublikalarini alohida mamlakat sifatida tan olish imkoniyatlari haqida soʻradi.
"Xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqi roʻyobga chiqsa, yer yuzida 193 ta davlat oʻrniga 500-600 dan ortiq davlat paydo boʻladi. Bu esa tartibsizlikka olib keladi. Shu sababdan biz na Tayvanni, na Kosovo, na Janubiy Osetiya yoki Abxaziyani tan olmaymiz. Xuddi shu tamoyil Donetsk va Lugansk kabi kvazi-davlat hududlarga nisbatan ham qoʻllaniladi", — deya javob berdi Tokayev.
Toqayev, shuningdek, Qozogʻiston Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishiga qarshi emasligini bildirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!