Joriy yilning 24–26-iyun kunlari Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir boʻlib oʻtadi.
Musobaqada 5 qitʼaning 30 davlatidan jami 270 (161 erkak, 109 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etish istagini bildirgan.
Ular orasida oʻzbekistonlik dzyudochilar ham turnir medallari hamda muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar. Bugun terma jamoamiz delegatsiyasi Moʻgʻulistonga joʻnab ketdi.
Terma jamoa tarkibi:
Ayollar:
-48 kg: Gulnur Muratbayeva
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova
Erkaklar:
-60 kg: Kemran Nurillayev
-66 kg: Rahimjon Subhonov
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Obidxon Nomonov
-81 kg: Ramazon Allaberdiyev
-90 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!