AQSh “daxshat” raketa tayyorlamoqda — Donald Tramp

  • 10:45 / 16.05.2020
  • 626

Amerika Qo‘shma Shtatlari gipertovushli raketa ishlab chiqmoqda. U dunyodagi eng tezkor raketaga aylanishi, tezligi bilan Rossiya va Xitoy raketalaridan uch baravar ortiq ekanligi aytildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp AQSh kosmik kuchlari bayrog‘i prezentatsiyasi vaqtida ma’lum qilgan.
Tez orada Amerika armiyasi ixtiyoriga o‘tadigan raketani Tramp “daxshat” deb atagan.
Prezident Rossiya va Xitoy hozirgi mavjuda raketalardan 5-6 baravar tezkorroq loyihalar ustida ishlayotganini aytarkan, “bizniki 17 baravar tezkorroq bo‘ladi. Loyihaga endigina start berildi. Bu dunyodagi eng tezkor raketa bo‘ladi. Rossiya va Xitoynikidan qariyb uch baravar yuqori” degan Donald Tramp.