AQSh Snoudenni "Shaxsiy hujjat" kitobi uchun sudga berdi

  • 18:51 / 18.09.2019
  • 227

AQSh rasmiylari Markaziy razvedka boshqarmasining va Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenni "Shaxsiy hujjat" nomli kitobi uchun sudga berdi. Bu haqida AQSh Adliya vazirligi veb-saytida xabar berildi.

Adliya vazirligi kitobni sotishdan tushgan daromadni rasmiylarga berishni talab qildi. Tashkilot, u ilgari imzolangan oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi bitimni buzganligini da'vo qilmoqda. Amerika rasmiylariga ko‘ra, sobiq razvedka xodimi nashrdan oldin kitobni tasdiqlash uchun taqdim etishi shart edi.

Avvalroq Snouden amaldorlarga WhatsApp va Telegram messenjerlaridan foydalanmaslikni maslahat bergani haqida xabar qilgan edik. Snouden ushbu ilovadagi ma'lumotlar noto‘g‘ri qo‘llarga tushib qolishi mumkinligini ta'kidladi. Sabab sifatida u messenjerning foydalanuvchi ma'lumotlarini qoniqarsiz darajada shifrlashini aytdi.

Teglar