AQShda Ilon Maskning “oltin” haykali o‘rnatildi. Xo‘sh, nima uchun?

  • 16:50 / 25.05.2020
  • 637

Oklaxoma shtatining Talsa shahrida balandligi 23 metr bo‘lgan “Ilon Mask”ning haykali o‘rnatildi. Haykalning ko‘kragiga “Tesla” logotipi tushirilgan. Shu orqali shahar meri milliarderning e’tiborini tortishni niyat qilgan. Axir Ilon Mask elektr mashinalarni ishlab chiqaruvchi fabrikasini qurish uchun ideal lokatsiya qidirib yuripti-ku!

Talsa meri Jorj Binum Ilon Maskning aynan Talsani tanlashiga umid bog‘layapti. Shaharda o‘rnatilgan burg‘ilovchining haykali shu maqsadni zabt etishga yordami tegsa ajab emas. “Oltin Ilon Mask” AQShdagi balandligi bo‘yicha oltinchi o‘rinda turuvchi haykal bo‘ladi”, deb maqtangan Binum o‘z Twitter sahifasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tesla yangi elektromashinalar ishlab chiqaruvchi yangi fabrika uchun ikkita joy – Talsa va Ostin shahridan birini ko‘zlab turibdi. Aytilishicha, bu yangi fabrika Ilon Maskning eng katta kompaniyasi bo‘ladi. Uning yangi fabrikasida Cybertruck va Model Y elektropikaplari yig‘iladi.