AQShda koronavirus bilan kasallangan bola vafot etdi

  • 17:24 / 25.03.2020
  • 1427

AQShda 18 yoshdan kichik bo‘lgan ilk bemor koronavirus pandemiyasi tufayli vafot etdi. Bolaning o‘limi haqida Los-Anjeles Sog‘liqni saqlash departamenti direktori Barbara Ferrer ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Lenta nashri.

“Bu COVID-19 har qanday yoshdagi odamlarga ta’sir qilishi to‘g‘risida yana bir eslatmadir”, deydi Barbara Ferrer.

Departament direktorining ta’kidlashicha, mamlakatda pandemiya tobora avj olmoqda. So‘nggi 48 soat ichida 256 ta yangi holat aniqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikada 55 231 ta koronavirus bilan kasallangan bemor mavjud.  801 kishi vafot etgan, 354 kishi sog‘aygan.