AQShdagi namoyishlardan so‘ng politsiya rahbari o‘z o‘rnini afroamerikalikka bo‘shatib berdi   

  • 17:27 / 09.06.2020
  • 865

Oregona shtatidagi Portlend shahri politsiya boshlig‘i Jami Resh qora tanli amerikalik o‘limidan keyin boshlanib ketgan namoyishlar paytida iste’foga chiqdi. Bu haqda u o‘zining  Twitter’dagi  akkauntida yozgan.  

“Portlend politsiyasi o‘zgarishlarda yetakchi bo‘lishi lozim. O‘zgarish esa ishonchdan boshlanadi. Bu ishni men astoydil bajaryapman”, – deya ma’lum qiladi politsiya boshlig‘i. Uning o‘rnini afroamerikalik Chak Lovell egallaydi. “U o‘z majburiyatlariga o‘z umrini baxshida qilgan. Men uning boshqara olish qobiliyatiga 100 foiz ishonaman”, – deya qo‘shimcha qilgan  Resh. U yana shuningdek, Lovell – “Ayni paytda eng ma’qul nomzod”, deya ma’qullagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiyachi “hech qachon buni xohlamagan, lekin shu lavozim uchun mo‘ljallangan”. 

The Oregonin nashrining ma’lum qilishicha, hozirda 46 yoshda bo‘lgan bu amerikalik yigit Portlend politsiyasiga 2002-yilda qabul qilingan. U mamlakatda shahar politsiyasini boshqaruvchi to‘rtinchi qora tanli amerikalik hisoblanadi. Shahar politsiyasi tarkibida mingga yaqin huquq himoyachilari xizmat qiladi.   

Aytib o‘tish joiz, Resh shahardagi tartibsizliklarga e’tibori sustligi tufayli tanqid qilingan edi. 
Eslatib o‘tamiz politsiya tomonidan qo‘lga olingan va zo‘ravonlik tufayli halok bo‘lgan afroamerikalik Jorj Floyd o‘limidan keyin Minneapolis hamda AQShning boshqa shaharlarida ommaviy namoyishlar boshlanib ketgan edi. Aksiyalar davomida vandalizm, talonchilik va politsiyaga hujumlar kuzatildi. Amerika rasmiylari politsiyachilar bilan har qanday to‘qnashuv va tahdid ichki terrorizm akti sifatida qaralishini aytishgan.