Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

  • 16:28 / 14.01.2020
  • 305

Bugun Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston davlatining Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi o‘rtasidagi muhim kelishuvlarga asoslangan O‘zbekiston – Hindiston hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan oliy va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston va Hindiston iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat berishi ta’kidlandi.