Adliya vazirligi xodimi Prezident Administratsiyasida ish boshladi 

  • 18:58 / 08.11.2019
  • 151

Maxmudov Zikirilla Abbosovich Prezident farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi din ishlari bo‘yicha sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Adliya vazirligi matbuot xizmati Xabardor.uz’ga ma’lum qildi. 
Zikirilla Maxmudov 2018-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining boshlig‘I lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Z. Maxmudov 1983-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, u 2006-yilda Toshkent islom universitetini, 2010-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Zikirilla Maxmudov o‘z mehnat faoliyatini 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.