Afgʻonistonda avtomobil portlashi oqibatida 60 dan ortiq kishi jarohat oldi

  • 20:50 / 11.12.2019
  • 178

Afgʻonistondagi Bagram aviabazasidan uzoq boʻlmagan NATO karvoni yaqinida avtomobilning portlashi oqibatida 62 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda TOLO News Twitter’dagi sahifasida. Portlash chorshanba kuni ertalab soat 6:00 atrofida sodir boʻlgan.

Xabar qilinishicha, jabrlanganlarning barchasi tinch aholi. Olingan jarohatlar darajasi toʻgʻrisida maʼlumot berilmagan. NATOning Afgʻonistondagi “Tinchlikni qoʻllab-quvvatlash” missiyasi bayonotiga koʻra, jangarilar aviabazaning yaqinida joylashgan tibbiy muassasaga hujum qilishgan.

“Portlashdan soʻng hujum qilganlar kasalxonaga kirib, xorijiy harbiylar bilan otishma boshladilar. Toʻqnashuv deyarli toʻrt soat davom etdi”, deyiladi xabarda.

Teglar