Afg‘onistonda bortida 110 nafar fuqaro bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

  • 17:08 / 27.01.2020
  • 478

Afg‘oniston sharqidagi Gʻazni viloyatida “Ariana Afghan Airlines” aviakompaniyasining samolyoti quladi. Bu haqda “ariananews.af” ma’lum qildi.  

Hirot aeroportidagi nazorat minorasi rasmiylarining aytishicha, samolyot Afg‘onistonning Ariana Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Uning bortida 110 kishi bo‘lgan va Hirotdan Dehli (Hindiston) shahriga parvoz qilayotgan.

IIV vakili Nusrat Rahimiyning so‘zlariga ko‘ra, halokat G‘azni shahrining Deh Yak tumanidagi Sadozay hududida sodir bo‘lgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, samolyot halokatida Tolibonning qo‘li bor. 

“Ariana Airlines” esa Facebook sahifasi orqali Afg‘oniston hududida o‘zining aviakompaniyalarga tegishli samolyot halokatga uchragani haqidagi xabarlarni rad etgan. Aviakompaniya barcha reyslari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini bildirgan. 

G‘azni viloyati vakili Arif Noori ham ushbu halokatni tasdiqlagan va samolyot qisman yonib ketganini aytgan. 

Tolo News esa ariananews.af’dan farqli ma’lumotlarni taqdim qilgan. Uning xabar berishicha, samolyotda 83 kishi bo‘lgan va Hirotdan Qobulga qarab yo‘l olgan. 

Halokat oqibatida jarohatlanganlar yoki qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumo berilmagan.