Afg‘onistonda karantin choralari uzaytirildi

  • 16:16 / 04.05.2020
  • 275

Afg‘oniston hukumati mamlakatda koronavirus pandemiyasi tobora avj olib borayotgani sabab karantin choralarini 24-maygacha uzaytirdi. Ushbu qaror Prezident Ashraf G‘ani boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasining 2-may kungi majlisidan keyin qabul qilingan.
 
Ta’kidlanishicha, poytaxt Qobulda 250 mingga yaqin muhtoj oilalar pandemiya davrida bepul non loyihasining birinchi bosqichida kuniga o‘ntadan non olishni boshlagan.
 
“Koronavirus keltirib chiqargan qiyinchiliklarga qaramay, biz o‘z rejalarimizni tuzdik.  Bu orqali byudjet taqchilligi ehtimolini minimallashtirish yoki nol qiymatga keltirish mumkin”, deydi prezident.
 
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2 469 kishini tashkil etmoqda.