Afg‘onistondagi AQSh harbiy bazasiga qurolli hujum uyushtirildi

  • 16:49 / 17.04.2020
  • 340

16-aprel kuni Afg‘onistonning Parvon provinsiyasidagi Bagram AQSh harbiy bazasiga noma’lum shaxs tomonidan hujum qilindi, deb xabar bermoqda Daily Sabah.

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi yaralangan.

Parvon provinsiyasi gubernatorining vakili Vahida Shahkarning so‘zlariga ko‘ra, harbiy bazada ishlayotgan to‘qqiz ishchining barchasi mahalliy aholi vakillari bo‘lgan. Payshanba kuni kechqurun mototsiklga mingan qurolli shaxs Bagram aviabazasidan 500 metr masofada ularga o‘q uzib, voqea joyidan yashiringan.

Tolibon vakili Zabibulloh Mujohidning aytishicha, guruhning Bagram bazasidagi otishmaga aloqasi yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 29-fevral kuni Tolibon va AQSh o‘rtasida tinchlik bitimi imzolangani haqida xabar berilgandi.