Afg‘onistondagi portlash oqibatida 11 politsiyachi halok bo‘ldi

  • 14:48 / 06.06.2020
  • 805

Kecha, 5-iyun kuni kechqurun Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida yo‘l chetidagi bomba portlashi oqibatida 11 nafar mahalliy politsiya xodimi, shu jumladan, guruh rahbari halok bo‘ldi, deya xabar beradi viloyat politsiyasi vakili Sanaulloh Ruhoniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa yarim tunda Xash tumanida sodir bo‘lgan. Xodimlarni olib ketayotgan transport vositasi yo‘l chetidagi minaga urilib, portlagan.

Shuningdek, juma kuni Tolibonning ikki jangchisi, jumladan, Xash tumanida hukumat kuchlari bilan to‘qnashuvdan so‘ng viloyat hokimi etib tayinlangan Hamidulloh ham o‘ldirilgan.

Hozircha hech bir guruh Badaxshondagi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.