Agava – umrida bir marta gullaydigan o‘simlik

  • 10:14 / 09.11.2019
  • 51

Агава

Bir necha yillik umri davomida bir martagina gullaydigan bu o‘simlikni mo’tadil kengliklarda uncha ham bilaverishmaydi. Ayni davrda bu o‘simlikning 300 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlarida, xususan Bagam orollari hamda Braziliyada madaniy o‘simlik sifatida yetishtiriladi. Undan olinadigan tola o‘ta sifatli va chidamli. Shuning uchun undan arqon, baliq ovlash uchun to‘r hamda lasso to‘qiladi.

Ispan istilochilari hindular bozorida agavadan olingan toladan to‘qilgan matoni ko‘rib, hayron qolishganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Hindular agava gullaridan murabbo pishiradi, quritib xamirga qo‘shadi, o‘zagi va yaprog‘idan un tayyorlaydi. Shuningdek, undan sovun tayyorlashda ham qo‘llashadi. Buni qarangki, agavaning to‘q yashil hamda Salma turidan pulke deb nomlanuvchi ichimlik ham tayyorlasharkan. Moviy agava esa o‘sha mashhur tekilaga asos bo‘ladi. 

Bundan tashqari, u dekorativ o‘simlik bo‘lganidan ko‘pgina davlatlarning park va bog‘larini bezab turibdi. Darvoqe, hindularning xalq tabobatida hasharot va ilon chaqqanda undan dori sifatida foydalaniladi, deb xabar beradi vokrugsveta.com internet nashri.

Агавы цветут редко, некоторые всего один раз в жизни

Teglar