Amazon supermarketlari: u yerda sotuvchi va kassirlar yo‘q

  • 21:25 / 13.12.2019
  • 1650

Amazon Amerikaning Sietl shahrida katta savdo do‘konini ochdi. Amazon Go deb nomlangan supermarketga kirish uchun xaridorlar eshiklardagi turniketdan smartfon QR-kodini o‘tkazadilar.

Savdo maydonchasi 167 kvadrat metrdan iborat bo‘lib, odatdagidek oziq-ovqat mahsulotlari javonlarga joylashtirilgan. Ammo u yerda na sotuvchilar va na kassirlar bor. Faqat alkogol ichimliklarni sotib olish uchun hujjatlarni yo‘naltirish va tekshirishga yordam beruvchi maslahatchilar mavjud.

“Amazon Go”da xizmat aravachalari yo‘q. Mijozlar mahsulotlarni do‘kon markasi bosilgan sumkalarga solib ketadilar. Olingan har bir narsa avtomatik ravishda mijozning onlayn-hisobidagi xaridlar ro‘yxatiga kiritiladi. Xaridor do‘kondan chiqayotganda yana smartfonini turniketdan o‘tkazadi va olgan narsalari uchun haq to‘laydi. Kassada navbat kutadiganlar yo‘q.

Amazon bu aqlli mexanizm qanday ishlashi haqida also ma’lum qilmaydi. Shift ostida o‘rnashgan yuzlab kichik kameralarga ko‘ra, mazkur texnologiya kompyuterda kuzatish prinsplariga asoslanadi. Bu shuni anglatadiki, dastur do‘kondagi barcha tovarlarni muttasil kuzatib boradi. Buning uchun har bir mahsulotga chip yoki shtrix-kod yopishtirish shart emas.

Bunday do‘konning paydo bo‘lishi yana bir nozik mavzuni o‘rtaga tashlaydi. Avtomatlashgan tizimda ish yuritilsa, odamlar qayerda ishlaydi? Qo‘shma Shtatlarning o‘zida uch yarim milliondan ortiq kassir bor va ular o‘zlarining ish joylari haqida tashvishlanishlari tabiiy. Biroq Amazon vakillari ish o‘rinlarining yaratilishi davom etishini aytishmoqda. Do‘konda maslahatchilardan tashqari, mahsulotlarni javonlarga joylaydiganlar va oshpazlar xizmat ko‘rsatadi.