Amerikaliklarning sayyohlarni lol qoldiradigan g‘aroyib odatlari

  • 19:48 / 12.09.2019
  • 536

Har bir millat o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sayyohlar mahalliy aholi an’analari bilan tanishishganda, ba’zida butunlay hayron qoladilar.

Xabardor.uz Amerika fuqarolarining har qanday odamni lol qoldiradigan,  juda g‘alati odati va an’analari haqida hikoya qiladi.

Tashqaridagi ob-havodan qat’iy nazar yemakxonalarda ichimlikni muz bilan keltirishadi. Idishdagi muz ichimlikning o‘zidan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Konditsionerlar har doim va har yerda to‘liq quvvatda ishlab turadi.

Restoranlardagi taomning portsiyasi shu darajada kattaki, amerikalik bitta xo‘randaning ovqati xorijlikning butun boshli oilasiga yetadi.

Ofitsiantlar har 3 daqiqada holingizdan xabar oladi. Sizga taom ma’qul bo‘lyaptimi yoki o‘zingizni qulay his qilyapsizmi so‘rab turishadi. Har 3 daqiqada.

Do‘konlarda 3 litrli shishada sharob sotiladi. 6 litrlisi ham bor.

Amerikalik yurgan yo‘lida ham qahva va boshqa ichimliklarni ichib ketaverishadi. Ko‘pgina davlatlarda ichimlikni o‘tirib, bafurja ichish odatga aylangan.

Yoshingiz 40 dan o‘tgan bo‘lsa ham, sizdan spirti ichimlik sotadigan do‘konlarda va barlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni so‘rashadi.

Amerika avtomobillari juda ulkan. Ayniqsa, Yevropa markalari bilan taqqoslaganda. Shunga yarasha yo‘llar ham juda keng.

Pul banknotlari bir-biriga juda o‘xshash. Misol uchun, 1 dollarlik va 5 dollarlik pulni ajratish qiyin, chunki ular bir xil o‘lchamda va rangda.

Hamma to‘lovlarni pin-kodni termasdan kredit karta orqali amalga oshirishingiz mumkin. O‘ylab ko‘rilsa u qadar ham xavfsiz emas.

Dorixonalarda shirinliklar, soda, sigaretalar va pivo sotiladi.

Notanish odamlar sizga har doim jilmayishadi. Ko‘chada, supermarketda, jamoat joylarida. Xullas hamma joyda.

Ko‘pchilik fitnes uchun kiyimda yurishadi, garchi ular sport zalida bo‘lishmasada. Va slansi kiyishadi – plyajda bo‘lishmasada.

Ko‘pincha supermarketlarda siz pijamadagi odamlarni ko‘rishingiz mumkin. Bundaylar siz ular haqida nima deb o‘ylashingizdan g‘am chekishmaydi.

Televizorda reklamaga juda uzoq davom etadi. Misol uchun, 40 daqiqali film reklama bilan qo‘shib bir soat davom etadi.

Ixtiyor Rahman tayyorladi

Teglar