Amfan sikloni Hindiston va Bangladeshda halokatli oqibatlarga olib kelmoqda

  • 16:43 / 22.05.2020
  • 245

Hindistonning Kalkutta shahri Amfan sikloni tufayli vayron bo‘lib, Hindiston va Bangladeshda kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Chorshanba, 20-may kuni siklon Hindiston qirg‘oqlariga yetib kelgan. U Butan tomon shimolga harakatlanib, asta-sekin zaiflashmoqda, deya xabar beradi BBC.

Ofat natijasida minglab daraxtlar, elektr uzatish liniyalari qulagan, uylar esa butunlay vayron bo‘lgan.
Kalkuttadagi ko‘plab yo‘llar suv ostida qolib, 3 million odam evakuatsiya qilingan. 

Amfan 1999-yildan beri Bengal ko‘rfazida paydo bo‘lgan birinchi supersiklondir. Uning shamollari zaiflashayotgan bo‘lsa ham, hali hamon juda kuchli siklonlar qatorida turibdi.