Android 11 tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

  • 08:50 / 09.05.2020
  • 68

Google kompaniyasining Android 11 tizimi yaratuvchilari bir qator yangiliklar qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Garchi, bu yangi tizimning butun imkoniyatlari 2020-yilning yozida e’lon qilinishi kutilayotgan bo‘lsa-da, fevral va mart oylarida sirli o‘zgarishlarning kichik qismi ommaga oshkor qilindi. Quyida ana shunday qiziqarli o‘zgarishlar ro‘yxati bilan tanishing.

Android 11 tizimining Chat-pufaklari
Bir necha yilgi kutishlardan so‘ng Android Facebook messenger’iga dumaloq shakldagi chatlarni taqdim etdi. Bu foydalanuvchilarga bir nechta suhbatlarni birga olib borish imkonini beradi. Kimgadir javob yozmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha odam mavjud pufakchani ochasiz. Tugatganingizda esa uni yana pufak holatiga keltirib, boshqa dialogni olib borish mumkin.

Maxfiylik va ijozat
Mikrofon va kameradan foydalanish uchun bir martaga ruxsat berish foydalanuvchi maxfiyligini oshiradi. Ayniqsa, gap kamera bilan ishlash, xabarni o‘qish va galereyaga kirish ustida borayotgan bo‘lsa. Endilikda ilova tizimga butkul kirmaydi va kirishdan avval, albatta, ruxsat so‘raydi. Demak, shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligicha qolaveradi. 

Yangi suhbat oynasi
Eng oxirgi eslatmalarni yangi “Suhbat” oynasi orqali bilib olishingiz mumkin. U eng oxirgi xabarlarni ko‘rish imkonini beradi. U, shuningdek, xabarlarga eslatmalar paneli orqali javob yozish imkonini ham beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar suratlarni eslatmalar orqali yuborishlari mumkin.

Yangi texnologiyalar
5G tizimi, yig‘iladigan qurilmalar va mashina orqali o‘qishni qo‘llab-quvvatlaydigan Android 11 – haqiqiy moʻjizaning o‘zi. Tizimda videoni kechiktirmasdan yuklash, qo‘ng‘iroqni yaxshiroq tekshirish va Google neyron tarmoqlari API’larini qo‘llab-quvvatlash xizmatlari ham mavjud.

Ulashish uchun foydalanuvchi interfeysi yaxshilandi
Android 11 o‘z foydalanuvchilariga sevimli ijtimoiy tarmoqlarini ulashish menyusining yuqori qismida joylashtirishga imkon berdi. Biroq xuddi shu xususiyat Android 9 va undan oldingi versiyalarda ham mavjud edi, ammo negadir u Android 10’da o‘chirib qo‘yilgan.

Qorong‘u rejimga o‘tish
Android 10’da, Google bir nechta ilg‘or foydalanuvchilarning global tungi rejimga o‘tish borasidagi e’tirozlarini tingladi. Va Android 11’da bu xatosini to‘g‘rilamoqchi. Oldinroq hisobotda ko‘rsatilganidek, u foydalanuvchilarga vaqtga qarab tun rejimini avtomatik ravishda almashtirishga imkon beradi.

Parvoz rejimi bluetooth’ga ta’sir qilmaydi
Uchish rejimini faollashtirganda siz bluyetooth’ga kira olmaydigan kunlar tugadi. Endi foydalanuvchilar aqlli qurilmalar yoki audio naushniklar bilan aloqada bo‘lish uchun bluyetooth qurilmasidan foydalanishda davom etishlari mumkin.

Sensorlar sezgirligini oshiring
“Sozlamalar” paneli orqali Google sensorli ekran sezgirligini oshirish uchun yangi imkoniyatni qo‘shdi. Foydalanuvchi qo‘lqop kiyishdan oldin yoki himoya ekranlardan foydalanish paytida ekranning teginish sezgirligini oshirishi mumkin. Bu foydalanuvchilarga ko‘p jihatdan yordam beradigan juda foydali xususiyat.

Kameradan foydalanganda eslatmalarni kelishini o‘chirib qo‘ying
Android 11’dagi yangi API to‘plami foydalanuvchilarga kameradan foydalanganda har qanday bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yishga yordam beradi. Bu videoqo‘ng‘iroq paytida juda foydali bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, Android 11 to‘liq himoyalangan simsiz OTB bilan debyut qilishi kutilmoqda va 4 Gb’dan katta videolarni ham yuklashi mumkin.