Arxeologlar Xorvatiyada otlari bilan birga ko‘milgan Qadimgi Rim jangovar aravasini topishdi

  • 21:31 / 27.11.2019
  • 76

Xorvatiyalik arxeologlar tomonidan Xorvatiya sharqidagi Yankovatskaya Dubrava qishlog‘i yaqinida ikkita ot bilan birga ko‘milgan Rim jangovar aravasini topishdi. Qazilma, taxminan, 1700-yil avval dafn qilingan. Bu haqida Daily Mail xabar bermoqda.

Arava (lotincha “tsizium” deb nomlangan) ikkita katta yog‘och g‘ildirak va vagonchadan iborat bo‘lgan (bu arava, xuddi, o‘zimizning eski aravalarga o‘xshab ketadi). Metall bilan qoplangan qismlari zanglagan. Lekin umumiy qaralganda, topilma juda yaxshi saqlanib qolgan. 

Olimlarning fikricha, dafn marosimi juda badavlat oilaga tegishli bo‘lgan. Haqiqatan ham, o‘sha davrda o‘ta badavlat odamlargina bunday mol-mulkni dafn qilishlari mumkin bo‘lgan. Qazishma ishlari davom etmoqda, arxeologlar o‘sha davrda yashagan rimliklar haqida ko‘proq ma’lumot olishga umid qilishmoqda.

Hozirgi Xorvatiyaning bir qismi miloddan avvalgi 168-yilda rimliklar tomonidan bosib olingan. Bu viloyat Dalmatiya deb nomlangan. Mazkur hudud Rim imperiyasi tomonidan 500 yildan ortiq vaqt davomida boshqarilgan.