Ashraf G‘ani 1500 Tolibon jangarilarini ozod qiladi

  • 12:35 / 11.03.2020
  • 354

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani 1500 Tolibon jangarisini qamoqxonada chiqarish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Bunday qaror Tolibon guruhi bilan 18 yillik urushga barham berishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun qabul qilindi.
Shu bilan birga ozod etiladigan jangarilar urush maydoniga qaytmasligi bo‘yicha yozma kafolat olingan.

AQSh Afg‘onistondan qo‘shinini olib chiqmoqda
Bundan avval AQSh Tolibon bilan imzolagan tinchlik bitimiga asosan Afg‘onistondan qo‘shinini olib chiqishning dastlabki bosqichini boshlagandi. 
Birinchi bosqichda Vashington Afg‘onistonda bo‘lib turgan askarlar sonini 13 mingdan 8.6 minggacha kamaytiradi. Bu 28-fevralda Dohada imzolangan kelishuvdan keyin 135 kun ichida amalga oshirilishi shart. 
Agarda Tolibon kelishuvdagi shartlarga amal qilgan taqdirda amerikalik harbiylar mamlakatni 14 oy ichida to‘liq tark etishi belgilangan.