Atamboyev Qirgʻizistonda davlat toʻntarishiga tayyorgarlik koʻrishda ayblandi

  • 12:23 / 13.08.2019
  • 693

Foto: TASS

TASSʻning xabar berishicha, bu haqda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Orozbek Opumbayev aytib oʻtgan.

“Davlat toʻntarishini amalga oshirish uchun unga qon kerak edi. Bu uning niyati boʻlgan”, - deya taʼkidlab oʻtdi Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi.

Avvalroq, Atamboyev tergovchilar bilan aloqaga kirishmagani, rasmiy vakilidan boshqa hech kim bilan gaplashmasligini maʼlum qilgani aytilgandi. Sobiq davlat rahbari oʻz soʻzlari va Konstitutsiya qoidalari buzilgan, deb hisoblayapti.

8-avgust kuni maxsus kuchlar Atamboyevning Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi qarorgohiga bostirib kirishdi. Ertasi kuni sobiq prezidentga jinoyat olamidagi nufuzli shaxs - Aziz Batukayevning ozod etilishi boʻyicha ish yuzasidan ayblov qoʻyildi.

Teglar